Rossiya hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomada ishtirokini to‘xtatdi - Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPoslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu.
Poslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya AQSh bilan imzolangan hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomada ishtirokini to‘xtatdi - Putin.
TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Rossiya strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
"Rossiya strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatmoqda. Takror aytaman: u chiqmayapti, balki ishtirokini to‘xtatmoqda", - deya ta’kidladi Rossiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va AQSh rasmiylari 2021-yil 26-yanvarda Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomani uzaytirish to‘g‘risida nota almashgan. Shartnomaning o‘zi Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev va AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan 2010-yil 8-aprelda Pragada imzolangan edi.
Hujjatning rasmiy sarlavhasi - "Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma". (Treaty between the United States of America and the Russian Federation on Measures for the Further Reduction and Limitation of Strategic Offensive Arms).
Shartnomaga ko‘ra, tomonlarning har biri o‘zining strategik hujum qurollarini ma’lum miqdordan oshmasligi uchun cheklash va kamaytirishga majbur.
Yangiliklar lentasi
0