O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun Misr agrotexnologiyasini qo‘llamoqchi

© Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida misr agrotexnologiyasi qo‘llaniladi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida misr agrotexnologiyasi qo‘llaniladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi va Misr paxtachilik instituti bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida Misr agrotexnologiyasi qo‘llaniladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi va Misr paxtachilik institutida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.
© Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida misr agrotexnologiyasi qo‘llaniladi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida misr agrotexnologiyasi qo‘llaniladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida misr agrotexnologiyasi qo‘llaniladi
Qayd etilishicha, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) hamda Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi hamkorlik qiladi.
Hamkorlikda quyidagicha tadqiqotlar o‘tkazishga kelishildi:
Uzumning urug‘siz navlari seleksiyasi, chorvachilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirish;
Qand lavlagi yetishtirish.
Shuningdek, uchrashuv davomida misrlik olimlar bilan hamkorlikda ingichka tolali g‘o‘zaning kasallik va zararkunandalarga, sho‘rlanish va suv tanqisligiga hamda anomal issiq haroratga chidamli ertapishar, serhosil yangi navlarini yaratish bo‘yicha seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.
Shu bilan birga, Toshkent davlat agrar universiteti va Misrning Ayn Shams universitetlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.
O‘simliklar himoyasi, agronomiya, seleksiya va urug‘chilik, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi yo‘nalishlarida qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va qo‘shma fakultetlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0