https://oz.sputniknews.uz/20230221/misrlik-tadbirkorlar-ozbekistonda-qoshma-loyihalarni-ishlab-chiqishga-tayyor--tafsilotlar-32402531.html
Misrlik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor – tafsilotlar
Misrlik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Misr 1,6 milliard dollarlik 20 dan ziyod bitim va shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishdi. 21.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-21T07:01+0500
2023-02-21T07:01+0500
2023-02-21T07:01+0500
siyosat
misr
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/15/32402799_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_479b9da488d9c37288ea596f1fa4e73d.jpg
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Misr kompaniyalari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi ishbilarmonlik va tadbirkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Misr biznes forumining yakunida umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 20 dan ziyod bitim va shartnomalar imzolanganini qayd etdi.Energetika, elektrotexnika, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, charm-poyabzal tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qo‘shimcha qilindi.Ta’kidlanishicha, Misrning “Elsewedy Electric” kompaniyasi shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, transformatorlar, kabel-sim mahsulotlari va qo‘shimcha qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor.Shuningdek, “Orascom Construction” O‘zbekistonda industrial park yaratgan holda uning hududida lok-bo‘yoq mahsulotlari va qurilish materiallari uchun kimoviy moddalar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurishdan manfaatdor ekanini bildirdi.Ishtirokchilar Misrning yirik sarmoyadorlari O‘zbekistonni Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish uchun ko‘prik sifatida ko‘rayotganlarini qayd etishdi.
misr
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/15/32402799_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_17c5754ed4085c6446ed8d28c6867618.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, misr, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
siyosat, misr, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Misrlik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor – tafsilotlar
O‘zbekiston va Misr 1,6 milliard dollarlik 20 dan ziyod bitim va shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Misr kompaniyalari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida
ma’lum qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi ishbilarmonlik va tadbirkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Misr biznes forumining yakunida umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 20 dan ziyod bitim va shartnomalar imzolanganini qayd etdi.
Energetika, elektrotexnika, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, charm-poyabzal tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qo‘shimcha qilindi.
“Misr kompaniyalariga mamlakatimizda katta investitsiya dasturlarini birgalikda amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar ochiq”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, Misrning “Elsewedy Electric” kompaniyasi shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, transformatorlar, kabel-sim mahsulotlari va qo‘shimcha qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor.
Shuningdek, “Orascom Construction” O‘zbekistonda industrial park yaratgan holda uning hududida lok-bo‘yoq mahsulotlari va qurilish materiallari uchun kimoviy moddalar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Ishtirokchilar Misrning yirik sarmoyadorlari O‘zbekistonni Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish uchun ko‘prik sifatida ko‘rayotganlarini qayd etishdi.