Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Bortida 400 nafar yo‘lovchi bo‘lgan laynerning qo‘nishi normal rejimda amalga oshirilgan.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasiga tegishli Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot yoqilg‘i quyish uchun Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Aeroflotning Bangkokdan Moskvaga uchgan AFL273 reysi 20-fevral kuni soat 18.57 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

“Samolyot ekipaji yoqilg‘i quyish uchun poytaxtdagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Bortida 400 nafar yo‘lovchi bo‘lgan laynerning qo‘nishi normal rejimda amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i quyishdan so‘ng havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0