Ashxobodda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston stendi tashkil etildi

© IA "Dunyo"Ekspozitsiya Uzbekistana na mejdunarodnoy vistavke v Ashxabade.
Ekspozitsiya Uzbekistana na mejdunarodnoy vistavke v Ashxabade. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutida o‘tkazilgan.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Turkmanistonda o‘tkazilgan dunyo xalqlari madaniyati va san’atiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ko‘rgazma Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutida o‘tkazilgan. Diplomatiya missiyasi tomonidan ko‘rgazma uchun maxsus O‘zbekiston stendi tashkil etilgan.
“Uning vositasida mamlakatimizning sanoat, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga doir materiallar, xalq hunarmandchiligi namunalari, yurtimiz madaniyati va tarixi, shu jumladan, Buyuk Ipak yo‘lining marvaridlari - Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari to‘g‘risida kitob va jurnallar namoyish etildi”, - deyiladi xabarda.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning diqqatga sazovor sayyohlik manzillari, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan yuqori texnologiyali va innovatsion korxonalarga oid materiallar, shuningdek, joriy yilda respublikada o‘tkazilishi rejalashitirilgan xalqaro iqtisodiy forum va ko‘rgazmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ham yaqindan tanishgan.
Yangiliklar lentasi
0