Shimoliy Koreya yana ballistik raketa uchirdi – video

© AFP 2023 / StringerMejkontinentalnaya ballisticheskaya raketa (MBR) novogo tipa «Xvasonpxo-17» v KNDR
Mejkontinentalnaya ballisticheskaya raketa (MBR) novogo tipa «Xvasonpxo-17» v KNDR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi, deb xabar berdi Renxap agentligi Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotlariga asosan.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Renxap agentligi Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotlariga asosan.
“Shimoliy Koreya Sharqiy (Yaponiya — tahr.) dengiz tomon noma’lum ballistik raketani uchirdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
KXDR Yaponiya dengizi tomon 600 millimetrli ko‘p uchiruvchi raketa tizimining (RSZO) ikkita snaradlari uchirilganini tasdiqladi, ular mos ravishda 395 va 337 kilometr masofani bosib o‘tdi, deb xabar berdi KXDR Markaziy telegraf agentligi (STAK).
Janubiy Koreya va AQSh 19-fevral kuni Amerikaning F-16 samolyotlari va B1-B og‘ir bombardimonchi samolyoti, shuningdek, Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining F-35A va F-15K qiruvchi samolyotlari ishtirokida qo‘shma aviatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Seul shanba kuni KXDR tomonidan “Xvason-15” qit’alararo ballistik raketa uchirilishiga javob tariqasida o‘tkazilayotganini aytgandi.
Yaponiya va Janubiy Koreya OAV dushanba kuni Shimoliy Koreya g‘arbiy qirg‘oqdan ikkita raketa uchirgani haqida xabar berdi.
Ikkalasi ham Yaponiyaning iqtisodiy zonasidan tashqarida tushdi. Yaponiya Mudofaa vazirligi birinchi raketaning parvoz balandligi 100 kilometrni, parvoz masofasi 400 kilometrni, ikkinchisi mos ravishda 50 va 350 kilometrni tashkil etgani haqida xabar berdi.
Yil boshidan buyon KXDR uchta raketa uchirishni amalga oshirdi, o‘tgan yili 37 ta raketa uchirdi.
Yangiliklar lentasi
0