Rossiya Abu-Dabida yangi vertolot namoyish qildi - video

Obuna bo‘lish
Dengiz ustida odam va yuk tashishga mo‘ljallangan Mi-171A3 asosan neft va gaz kompaniyalari uchun ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Rossiyaning Rostex kompaniyasi Abu-Dabidagi IDEX 2023 ko‘rgazmasida xorijda ilk bor dengiz ustida uzoq parvoz qiluvchi Mi-171A3 vertolotini namoyish etdi.
“Rossiya vertolotlari” xolding kompaniyasi BAAda Mi-171A3 dengiz ustida uzoq parvoz qilishga mo‘ljallangan vertolotini taqdim etdi. Bu transport asosan neft va gaz kompaniyalari uchun ishlab chiqilgan.
Yangi vertolot odamlar va yuklarni dengizdagi joylashgan burg‘ulash platformalariga yetkazish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan.

Mi-171A3 o‘z sinfida noyob transport imkoniyatlariga ega: maksimal uchish og‘irligi 13 tonna bo‘lgan apparat, 4 tonnagacha yuk yeo‘tarishi yoki 24 tagacha yo‘lovchini tashishi mumkin. Qo‘shimcha yonilg‘i baklari bo‘lgan vertolotning parvoz masofasi 1000 km ga etadi.
Yangiliklar lentasi
0