https://oz.sputniknews.uz/20230220/pediatriya-markazida-bolalarda-uchraydigan-murakkab-kasalliklarni-davolash-yolga-qoyilmoqda-32378838.html
Pediatriya markazida bolalarda uchraydigan murakkab kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yilmoqda
Pediatriya markazida bolalarda uchraydigan murakkab kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, yutuqlar poytaxt bilan chegaralanib qolmay, hududlarda ham amaliyotga keng tatbiq etilyapti. 20.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-20T11:29+0500
2023-02-20T11:29+0500
2023-02-20T11:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
salomatlik
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/16/17884669_0:254:3188:2047_1920x0_80_0_0_a04802a2682394c90f99f6613abd1e1a.jpg
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda uchraydigan murakkab kasalliklarni noyob operatsiyalar orqali davolash yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, shuningdek, O‘zbekistonda birinchi marta 2 nafar yosh bemorda yuz nervining plastika mikroxirurgik operatsiyasi bajarildi. Natijada ularda yuz assimetriyasi va nuqsoni kaminvaziv yo‘l bilan muolaja qilindi.Qayd etilishicha, bunday yutuqlar poytaxt bilan chegaralanib qolmay, hududlarda ham amaliyotga keng tatbiq etilyapti.Jumladan, Jizzax, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida ilk bor tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit aniqlangan bolalarni genno-injener terapiyasi orqali davolash o‘zlashtirilgan.Shuningdek, bolalarda malabsorsiya sindromini ichaklar baryeri o‘tkazuvchanligini hisobga olgan holda differensiyalangan muolaja qilish hamda mukovissidoz kasalligini ham shu usulda davolash yo‘lga qo‘yilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/16/17884669_327:0:3056:2047_1920x0_80_0_0_d4f68f0870a04b1bf12f06a9e58eb84f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, salomatlik, bolalar
jamiyat, o‘zbekiston, salomatlik, bolalar
Pediatriya markazida bolalarda uchraydigan murakkab kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yilmoqda
Qayd etilishicha, yutuqlar poytaxt bilan chegaralanib qolmay, hududlarda ham amaliyotga keng tatbiq etilyapti.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda uchraydigan murakkab kasalliklarni noyob operatsiyalar orqali davolash yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi. “So‘nggi ikki yilda ushbu muassasada dunyoning eng ilg‘or mamlakatlarida qo‘llanila boshlagan 39 ta yangi diagnostik va davolash usullari amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu davrda yurtimizda ilk bor yuqori ichak tutqich arteriyasi sindromini eng ilg‘or texnologiyalar yordamida aniqlab, uni murakkab operatsiya orqali barataraf etish yo‘lga qo‘yildi”, — deydi markaz direktori Dilorom Ahmedova.
Ta’kidlanishicha, shuningdek, O‘zbekistonda birinchi marta 2 nafar yosh bemorda yuz nervining plastika mikroxirurgik operatsiyasi bajarildi. Natijada ularda yuz assimetriyasi va nuqsoni kaminvaziv yo‘l bilan muolaja qilindi.
Qayd etilishicha, bunday yutuqlar poytaxt bilan chegaralanib qolmay, hududlarda ham amaliyotga keng tatbiq etilyapti.
Jumladan, Jizzax, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida ilk bor tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit aniqlangan bolalarni genno-injener terapiyasi orqali davolash o‘zlashtirilgan.
Shuningdek, bolalarda malabsorsiya sindromini ichaklar baryeri o‘tkazuvchanligini hisobga olgan holda differensiyalangan muolaja qilish hamda mukovissidoz kasalligini ham shu usulda davolash yo‘lga qo‘yilgan.