O‘zbekiston ishbilarmonlari Qozog‘istonda o‘tkaziladigan developerlar sammitida qatnashadi

Almati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Obuna bo‘lish
Tashkilotchilar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning qurilish kompaniyalari egalari va boshqaruvchilarini sammitda ishtirok etishga taklif qilmoqda.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. 1-2 mart kunlari Olmaota shahrida Xalqaro developerlar sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad MDH mamlakatlarida developerlik loyihalari sifatini oshirish hamda tajriba almashish va umumiy muammolarni hal qilish uchun kuchli xalqaro quruvchilar hamjamiyatini yaratishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, sammit ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchisi – “Boshqaruv, mahsulot va qurilish”. Unda tadbir ishtirokchilari yangi binolar bozoridagi tahlil va prognozlar, jahon arxitekturasi tendensiyalari va mahsulot o‘zgarishlari va boshqa mavzularni muhokama qiladi.
“Marketing va sotish” bo‘limida mutaxassislar iste’molchilar ehtiyojlariga qanday qilib tez moslashish haqida ma’lumot beradi.
Tashkilotchilar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning qurilish kompaniyalari egalari va boshqaruvchilarini sammitda ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Spikerlar orasida Asadel Partners jamg‘armasining boshqaruvchi hamkori, margulan.info ta’lim platformasi asoschisi Marg‘ulan Seysembayev, Bi Group xolding direktorlar kengashi raisi Aydin Raximbayev (Qozog‘iston), Golden House kompaniyasi bosh direktori Aleksey Boldin (O‘zbekiston), “Samolyot plyus” boshqaruvchi hamkori Dmitriy Volkov (Rossiya), “Marmaks” GK asoschisi va bosh direktori Yuriy Yurov (Rossiya), “Etaji Development” direktori Marsel Gabdulmanov (Rossiya) bor.
Yangiliklar lentasi
0