“Oxirzamon muzligi” XXII asrdayoq erib ketishi mumkin – iqlimshunos

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tish Grenlandiya oroli
 Grenlandiya oroli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2023
Obuna bo‘lish
Kelasi asrda okean sathining ko‘tarilishi barcha omillar ta’sirida 5 metrga yetishi mumkin.
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. G‘arbiy Antarktidadagi muzliklar majmuasi, jumladan, Tueytsa muzligi XXII asrdayoq erib, Jahon okeani darajasini uch metrga ko‘taradi. Bu haqda iqlimshunos Aleksey Kokorin RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Avvalroq “Nature” ilmiy jurnalida olimlar G‘arbiy Antarktidadagi, OAVda “Oxirzamon muzligi” deb ataladigan Tueytsa muzligi suv haroratining ko‘tarilishi tufayli tez eriyotgani haqida maqola chop etgan edi. Agar u va uning yaqinidagi muzliklar erib ketsa, Jahon okeanining darajasi uch metrga ko‘tarilishi mumkin.
“Albatta, bu XXI asr emas. XXII asrda G‘arbiy Antarktida muzliklarining erishi, ular juda ko‘p, Jahon okeani darajasini uch metrga ko‘tarishi mumkin”, - dedi Kokorin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng yomon ssenariy bo‘yicha kelasi asrda okean sathining ko‘tarilishi barcha omillar ta’sirida 5 metrga yetishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, agar barcha mamlakatlar asr oxirigacha uglerod neytralligiga erishsa, global isishni sanoatdan oldingi davrga nisbatan 2-2,5 Selsiy darajasida to‘xtatish mumkin. Bu Jahon okeani sathining ko‘tarilish tezligini kamaytiradi.
Yangiliklar lentasi
0