https://oz.sputniknews.uz/20230220/hech-qanday-imkoniyatlarsiz-saudiya-rossiya-bilan-kurashda-engilmoqda-32391462.html
Neft bozori uchun kurash: Saudiya Arabistoni Xitoyni Rossiyaga topshirmoqda
Neft bozori uchun kurash: Saudiya Arabistoni Xitoyni Rossiyaga topshirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskva va Ar-Riyod dunyodagi eng yirik xom neft importchisi - Xitoy bozori uchun kurashmodqa va bunda hozircha Rossiya g‘alaba qozonmoqda. 20.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-20T17:35+0500
2023-02-20T17:35+0500
2023-04-05T18:43+0500
saudiya arabistoni
xitoy
neft
import
analitika
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29832511_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2c74ac55e3762f2f6ab2d48b58a3611e.jpg
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Xitoyda neftga talab keskin oshdi. Saudiya Arabistoni asosiy yetkazib beruvchi edi, lekin oxirgi vaqtlarda Rossiya yaxshi chegirmalar taklif qilib, yetakchilikni o‘z qo‘liga olmoqda.Mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari neft mahsulotlari uchun navbatga qo‘yilgan. Ar-Riyod uchun bu mutlaqo kutilmagan voqea bo‘ldi.2022 yilda Moskva Xitoy va Hindistonga uglevodorodlar yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi.Dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti energiya importiga juda bog‘liq: neftning 72 foizi va gazning 45 foizi chet eldan keltiriladi. Shuning uchun Pekinga hech qanday yoqilg‘i ortiqcha emas. Rossiya 2022-yilning mayidan iyuligacha Xitoyda yetakchilik qilgan. Ammo avgust oyida Saudiya Arabistoni yana birinchilikka chiqqan edi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu uzoq davom etmaydi.Xalqaro energetika agentligi prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda jahonda neftga bo‘lgan talab kuniga 1,9 million barrelga oshib, rekord darajadagi 101,7 million barrelga yetadi.Refinitiv Oil Research ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida Xitoy Rossiyadan kuniga 2,03 million barrel, Saudiyadan esa 1,77 million barrel neft sotib olgan.Bloomberg prognozlariga ko‘ra, Xitoyning PetroChina va CNOOC gigantlari tomonidan Rossiya xomashosining navbatdagi keng ko‘lamli xaridlari yaqinlashmoqda. Natijada kunlik importga yana yarim million qo‘shiladi.Shuningdek, Xitoyning mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari allaqachon mazutga e’tibor qaratmoqda. Moskva 5-fevralda kuchga kirgan Yevropa embargosidan oldin ham mazut va vakuumli gazoyl eksportining muhim qismini Osiyo va Yaqin Sharqqa yo‘naltirdi.Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida Xitoy Rossiyadan rekord darajadagi 3,89 million barrel mazut sotib oldi. Mart oyidagi yetkazib berish esa qariyb ikki baravar ko‘payib, 6,75 mlnga yetadi.Tahlilchilarning aytishicha, Moskva va Ar-Riyod dunyodagi eng yirik xom neft importchisi uchun qattiq kurashga to‘qnash keldi. Hozircha Rossiya g‘alaba qozonmoqda.
saudiya arabistoni
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29832511_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_5789efd45d1b37c22b4024212b2b34a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saudiya arabistoni, xitoy, neft, import, analitika, rossiya
saudiya arabistoni, xitoy, neft, import, analitika, rossiya
Neft bozori uchun kurash: Saudiya Arabistoni Xitoyni Rossiyaga topshirmoqda
17:35 20.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Moskva va Ar-Riyod dunyodagi eng yirik xom neft importchisi - Xitoy bozori uchun kurashmodqa va bunda hozircha Rossiya g‘alaba qozonmoqda.
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Xitoyda neftga talab keskin oshdi. Saudiya Arabistoni asosiy yetkazib beruvchi edi, lekin oxirgi vaqtlarda Rossiya yaxshi chegirmalar taklif qilib, yetakchilikni o‘z
qo‘liga olmoqda. Mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari neft mahsulotlari uchun navbatga qo‘yilgan. Ar-Riyod uchun bu mutlaqo kutilmagan voqea bo‘ldi.
2022 yilda Moskva Xitoy va Hindistonga uglevodorodlar yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi.
Xitoy bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan 86,25 million tonna neft – kuniga 1,72 million barrel, ya’ni 2021-yilga nisbatan sakkiz foiz ko‘p neft keltirildi. Saudiyadan esa xitoyliklar 87,49 mln tonna neft sotib oldi.
Dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti energiya importiga juda bog‘liq: neftning 72 foizi va gazning 45 foizi chet eldan keltiriladi. Shuning uchun Pekinga hech qanday yoqilg‘i ortiqcha emas. Rossiya 2022-yilning mayidan iyuligacha Xitoyda yetakchilik qilgan. Ammo avgust oyida Saudiya Arabistoni yana birinchilikka chiqqan edi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu uzoq davom etmaydi.
Xalqaro energetika agentligi prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda jahonda neftga bo‘lgan talab kuniga 1,9 million barrelga oshib, rekord darajadagi 101,7 million barrelga yetadi.
“Xitoy neftni qayta ishlash korxonalari AQSh va Braziliya, Angola va Nigeriyadan, lekin birinchi navbatda Rossiyadan xaridlarni maksimal darajada oshirishi kerak”, - deya qayd etadi “OilPrice”.
Refinitiv Oil Research ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida Xitoy Rossiyadan kuniga 2,03 million barrel, Saudiyadan esa 1,77 million barrel neft sotib olgan.
Bloomberg prognozlariga ko‘ra, Xitoyning PetroChina va CNOOC gigantlari tomonidan Rossiya xomashosining navbatdagi keng ko‘lamli xaridlari yaqinlashmoqda. Natijada kunlik importga yana yarim million qo‘shiladi.
Shuningdek, Xitoyning mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari allaqachon mazutga e’tibor qaratmoqda. Moskva 5-fevralda kuchga kirgan Yevropa embargosidan oldin ham mazut va vakuumli gazoyl eksportining muhim qismini Osiyo va Yaqin Sharqqa yo‘naltirdi.
Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida Xitoy Rossiyadan rekord darajadagi 3,89 million barrel mazut sotib oldi. Mart oyidagi yetkazib berish esa qariyb ikki baravar ko‘payib, 6,75 mlnga yetadi.
Tahlilchilarning aytishicha, Moskva va Ar-Riyod dunyodagi eng yirik xom neft importchisi uchun qattiq kurashga to‘qnash keldi. Hozircha Rossiya g‘alaba qozonmoqda.