https://oz.sputniknews.uz/20230220/eldor-shomurodov---biografiya-32382854.html
Eldor Shomurodov - biografiya
Eldor Shomurodov - biografiya
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek futbolchisi, Italiyaning “Spetsiya” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning biografiyasi batafsil - Sputnik da 20.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-20T15:42+0500
2023-02-20T15:42+0500
2023-04-05T15:49+0500
eldor shomurodov
futbol
o‘zbekiston
italiya
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/15/15833420_0:102:1080:710_1920x0_80_0_0_ca693b354aa0a02a72e525ba1d180536.jpg
Eldor Shomurodovning tarjimai holiEldor Shomurodov 1995-yil 29-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. Otasi O‘zbekiston chempionati quyi ligalari jamoalarida to‘p surgan, akasi Sanjar ham futbol bilan shug‘ullangan. Hozirda Surxondaryo futbol assosiatsiyasining vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi. Sportchining amakisi Ilhom Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi bo‘lgan.6 yoshidan futbol bilan shug‘ullangan. 11 yoshida Muborak shahrining “Mash’al” futbol klubi akademiyasida tahsil olishni boshlagan. 2014-yilda asosiy tarkibda jalb etilib, o‘sha mavsumning o‘nta uchrashuvida maydonga tushgan. Shunda “Mash’al” O‘zbekiston chempionatida beshinchi o‘rinni egallangan. Keyinchalik yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan.2015 yil boshida Toshkentning “Bunyodkor” klubiga o‘tgan va unda 2017-yil iyunigacha to‘p surgan. 96 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan (O‘zbekiston oliy ligasi, O‘zbekiston kubogi va Osiyo chempionlar ligasida). “Bunyodkor” bilan birgalikda O‘zbekiston kubogi finalchisiga aylandi va O‘zbekiston chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan.2017 yilning iyul oyida Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Rossiya chempionatidagi debutini 2017-yilning 30-iyulida 3-tur doirasidagi safarda “Amkar”ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan – 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. 2019-yilning may oyi oxirida “Rostov” Shomurodov bilan shartnomani 3-yilga, 7-iyunda esa besh yilga uzaytirdi. 2019-yil avgust oyida u Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019/20 yilgi mavsumda Rossiya chempionatining 28 uchrashuvida 11 ta gol urdi.2020 yil 1-oktabrda Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tdi. Klub bilan 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etdi. Shomurodov Italiya chempionatida to‘p surgan Ilos Zaytullayevdan keyin ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. 19-oktabrda “Verona”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, “A seriya”da debut qildi. 30-noyabr kuni A Seriyaning ikkinchi bo‘limida “Parma”ga qarshi o‘yinda “Jenoa” uchun birinchi golini urdi.2021 yil 2-avgustda futbolchi “Roma”ga o‘tdi. Shartnoma summasi 17,5 million yevroni tashkil qildi. 2021-yil 19-avgust kuni Eldor yangi klubi safida Konferensiya ligasi saralash bosqichi pley-off o‘yinida “Trabzonspor”ga qarshi o‘yinda ilk golini urdi va va bu o‘yin “Roma”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.2023 yil 30-yanvar kuni Shomurodov Italiyaning “Spetsiya” klubi safiga o‘tdi. Transfer summasi 1,5 mln yevroni tashkil etdi.Terma jamoadagi faoliyatiO‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta o‘yin o‘tkazgan. 2016-yilgacha yoshlar jamoasida to‘p surgan. 2015-yildan O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynay boshlagan. 2015-yilning 3-sentabr kuni JCh-2018 saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi o‘yinda milliy terma jamoadagi debut uchrashuvini o‘tkazgan va keyinchalik O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan.Shaxsiy hayotiEldor Shomurodov Omina ismli qizga uylangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlardan ko‘rish mumkinki, ularning ikki nafar farzandlari bor.Yutuqlari
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/15/15833420_0:1:1080:811_1920x0_80_0_0_2337404f24ff472297789cbc60fe22a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eldor shomurodov, futbol, o‘zbekiston, italiya, sport
eldor shomurodov, futbol, o‘zbekiston, italiya, sport
Eldor Shomurodov - biografiya
15:42 20.02.2023 (yangilandi: 15:49 05.04.2023) O‘zbek futbolchisi, Italiyaning “Spetsiya” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning biografiyasi batafsil - Sputnik da
Eldor Shomurodovning tarjimai holi
Eldor Shomurodov 1995-yil 29-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. Otasi O‘zbekiston chempionati quyi ligalari jamoalarida to‘p surgan, akasi Sanjar ham futbol bilan shug‘ullangan. Hozirda Surxondaryo futbol assosiatsiyasining vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi. Sportchining amakisi Ilhom Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi bo‘lgan.
6 yoshidan futbol bilan shug‘ullangan. 11 yoshida Muborak shahrining “Mash’al” futbol klubi akademiyasida tahsil olishni boshlagan. 2014-yilda asosiy tarkibda jalb etilib, o‘sha mavsumning o‘nta uchrashuvida maydonga tushgan. Shunda “Mash’al” O‘zbekiston chempionatida beshinchi o‘rinni egallangan. Keyinchalik yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan.
2015 yil boshida Toshkentning “Bunyodkor” klubiga o‘tgan va unda 2017-yil iyunigacha to‘p surgan. 96 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan (O‘zbekiston oliy ligasi, O‘zbekiston kubogi va Osiyo chempionlar ligasida). “Bunyodkor” bilan birgalikda O‘zbekiston kubogi finalchisiga aylandi va O‘zbekiston chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan.
2017 yilning iyul oyida Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Rossiya chempionatidagi debutini 2017-yilning 30-iyulida 3-tur doirasidagi safarda “Amkar”ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan – 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. 2019-yilning may oyi oxirida “Rostov” Shomurodov bilan shartnomani 3-yilga, 7-iyunda esa besh yilga uzaytirdi. 2019-yil avgust oyida u Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019/20 yilgi mavsumda Rossiya chempionatining 28 uchrashuvida 11 ta gol urdi.
2020 yil 1-oktabrda Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tdi. Klub bilan 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etdi. Shomurodov Italiya chempionatida to‘p surgan Ilos Zaytullayevdan keyin ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. 19-oktabrda “Verona”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, “A seriya”da debut qildi. 30-noyabr kuni A Seriyaning ikkinchi bo‘limida “Parma”ga qarshi o‘yinda “Jenoa” uchun birinchi golini urdi.
2021 yil 2-avgustda futbolchi “Roma”ga o‘tdi. Shartnoma summasi 17,5 million yevroni tashkil qildi. 2021-yil 19-avgust kuni Eldor yangi klubi safida Konferensiya ligasi saralash bosqichi pley-off o‘yinida “Trabzonspor”ga qarshi o‘yinda ilk golini urdi va va bu o‘yin “Roma”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
2023 yil 30-yanvar kuni Shomurodov Italiyaning “Spetsiya” klubi safiga o‘tdi. Transfer summasi 1,5 mln yevroni tashkil etdi.
Terma jamoadagi faoliyati
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta o‘yin o‘tkazgan. 2016-yilgacha yoshlar jamoasida to‘p surgan. 2015-yildan O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynay boshlagan. 2015-yilning 3-sentabr kuni JCh-2018 saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi o‘yinda milliy terma jamoadagi debut uchrashuvini o‘tkazgan va keyinchalik O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan.
Eldor Shomurodov Omina ismli qizga uylangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlardan ko‘rish mumkinki, ularning ikki nafar farzandlari bor.
O‘zbekiston PFL kubogi sohibi: 2014-yil ("Mash’al")
O‘zbekiston Chempionati kumush medali sohibi: 2016-yil ("Bunyodkor")
UEFA konferensiya ligasi g‘olibi: 2021/22 ("Roma")
O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019, 2021
Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan: 2019/20