Xitoydagi Xalqaro EKSPO markazida O‘zbekiston savdo paviloni ochildi – video

© AFPNeboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika
Neboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi peshtaxtalaridan mamlakatda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar joy olgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. 17-fevral kuni Xitoyning Sindao shahrida “Xitoy – ShHT namunaviy zonasi marvaridi” xalqaro EKSPO markazi hududida O‘zbekiston savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mazkur majmuada O‘zbekiston bilan bir qatorda ShHTga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlarning savdo pavilonlari ham joy olgan.
O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi peshtaxtalaridan mamlakatda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar joy olgan.
Xususan, meva sharbatlari, tabiiy asal, quritilgan mevalar, qandolat mahsulotlari, ma’danli suvlar, za’faron, to‘qimachilik va charm-sanoat mahsulotlari, kabel-o‘tkazgichlar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari shular jumlasiga kiradi.
EKSPO markazida tashkil etilgan O‘zbekiston savdo pavilonining maydoni 600 kvadrat metrni tashkil etadi.
“Milliy uslubda ishlangan pavilon o‘rtasida qad ko‘targan Sohibqiron Amir Temur haykali, Registon ansamblidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi va Buxoroning Minorai kalon maketlari mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi”, - deyiladi xabarda.
“Xitoy-ShHT namunaviy zonasi marvaridi” deb nomlangan EKSPO markazining umumiy maydoni 168 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Mazkur maydon O‘zbekistonning Xitoy va umuman ShHT davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va logistika tizimlari hamkorligini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim amaliy ahamiyatga ega.
Yangiliklar lentasi
0