https://oz.sputniknews.uz/20230219/qirgizistonning-sobiq-prezidentlari-bir-birlarini-kechirishdi--japarov--32373688.html
Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari bir-birlarini kechirishdi – Japarov
Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari bir-birlarini kechirishdi – Japarov
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuv neytral hududda bo‘lib o‘tgan. 19.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-19T16:00+0500
2023-02-19T16:00+0500
2023-02-19T16:00+0500
dunyoda
qirg‘iziston
prezident
sadir japarov
almazbek atambayev
soronbay jeenbekov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/11/30057124_0:0:2048:1153_1920x0_80_0_0_7d43c0312d5e1a92929c4bbb9776ce1d.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatning barcha sobiq davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Erbol Sultanbayev xabar berdi.Uchrashuv neytral hududda bo‘lib o‘tgan. Unda Asqar Akayev (1991-2005), Qurmanbek Bakiyev (2005-2010), Roza Otunbayeva (2010-2011), Almazbek Atamboyev (2011-2017) va Sooronbay Jeenbekov (2017-2020) ishtirok etgan.Japarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uchrashuv haqida post e’lon qilgan.Japarovning so‘zlariga ko‘ra, sobiq davlat rahbarlari uning “bir musht bo‘lish” tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. Yig‘ilishda ular “g‘azabini bildirgan, noroziliklarini aytgan, biroq shu bilan birga kamchiliklarini ham tan olgan”.Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir sobiq prezidentning siyosatida fojiali voqealarga olib kelgan kamchiliklar va xatolar bo‘lgan.U Qirg‘izistonning har bir fuqarosini birlashishga chaqirib, avvalgi davlat rahbarlarining hech biriga shaxsiy da’vosi yo‘qligini ta’kidlagan.Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hibsdan ozod etilgan edi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/11/30057124_209:0:1876:1250_1920x0_80_0_0_05572b142459ef98745bd8ab0c9df365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, prezident, sadir japarov, almazbek atambayev, soronbay jeenbekov
dunyoda, qirg‘iziston, prezident, sadir japarov, almazbek atambayev, soronbay jeenbekov
Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari bir-birlarini kechirishdi – Japarov
Uchrashuv neytral hududda bo‘lib o‘tgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatning barcha sobiq davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Erbol Sultanbayev
xabar berdi. Uchrashuv neytral hududda bo‘lib o‘tgan. Unda Asqar Akayev (1991-2005), Qurmanbek Bakiyev (2005-2010), Roza Otunbayeva (2010-2011), Almazbek Atamboyev (2011-2017) va Sooronbay Jeenbekov (2017-2020) ishtirok etgan.
Japarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uchrashuv haqida post e’lon qilgan.
“Avvalgi barcha prezidentlar bilan ularni bir stol atrofiga yig‘ib, uchrashuv o‘tkazdim”, - deb yozadi u.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, sobiq davlat rahbarlari uning “bir musht bo‘lish” tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. Yig‘ilishda ular “g‘azabini bildirgan, noroziliklarini aytgan, biroq shu bilan birga kamchiliklarini ham tan olgan”.
“Va eng muhimi, ular bir-birlarini kechira olishdi! Mening maqsadim ham shu edi”, - dedi Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir sobiq prezidentning siyosatida fojiali voqealarga olib kelgan kamchiliklar va xatolar bo‘lgan.
“Biroq, kechira bilish va kechirilish din nuqtayi nazaridan ham, ajdodlar urf-odatlarida ham buyuk an’anadir. Agar biz Qirg‘iziston rivojlanishini istasak, eski xafagarchilik va noroziliklardan voz kechishimiz kerak”, - degan Japarov.
U Qirg‘izistonning har bir fuqarosini birlashishga chaqirib, avvalgi davlat rahbarlarining hech biriga shaxsiy da’vosi yo‘qligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hibsdan ozod
etilgan edi.