O‘zbekistonlik talabalar rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada qatnashishlari mumkin

© pexels.com/MonsteraStudent zapisivayushiy leksiyu
Student zapisivayushiy leksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2023
Obuna bo‘lish
Olimpiada masofaviy tarzda uch bosqichda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik talabalar rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada qatnashishlari mumkin. Bu haqda Toshkentdagi Rus uyi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, olimpiadada quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
bakalavriat, mutaxassislik, magistratura va aspirantura dasturlari bo‘yicha o‘qiyotgan Rossiya va xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabalari;
Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalarining tayyorgarlik fakultetlari, ta’lim bo‘limlari talabalari;
chet elda tashkil etilgan rus tili kurslari talabalari;
xorijiy ta’lim tashkilotlarining (maktablar, kollejlar, o‘quv markazlari) katta sinf o‘quvchilari.
Olimpiada masofaviy tarzda uch bosqichda o‘tkaziladi. 1-martgacha olimpiada saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0