https://oz.sputniknews.uz/20230219/moldovada-muxolifatdagi-shor-partiyasi-hukumatga-qarshi-yangi-mitingga-chiqdi-32376166.html
Moldovada muxolifatdagi “Shor” partiyasi hukumatga qarshi yangi mitingga chiqdi
Moldovada muxolifatdagi “Shor” partiyasi hukumatga qarshi yangi mitingga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab, prezident Mayya Sandu va bosh vazir Dorin Rechanni iste’foga chiqishga chaqirmoqda. 19.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-19T19:05+0500
2023-02-19T19:05+0500
2023-02-19T19:05+0500
dunyoda
moldova
miting
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/13/32374536_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ff551257246402338cd50b57e732f3d7.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Moldovada muxolifatdagi “Shor” partiyasi tarafdorlari va vakillari yakshanba kuni hukumatga qarshi yangi mitingga chiqdi, kolonnalar Kishinyovning markaziy ko‘chalari bo‘ylab parlament binosi tomon harakatlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab, prezident Mayya Sandu va bosh vazir Dorin Rechanni iste’foga chiqishga chaqirmoqda. Norozilik harakati yetakchilarining tushuntirishicha, yakshanba kungi mitingda respublika aholisining kommunal to‘lovlarga sarflagan pullarini qaytarish talablari qo‘yiladi.Avvalroq muxolifatdagi “Shor” partiyasi elektr energiyasi tariflari va narxlar oshishiga qarshi norozilik namoyishlari qayta boshlanganini ma’lum qilgan edi. Birinchi norozilik aksiyasi 19-fevralga belgilangandi.Ko‘plab so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat aholisining qariyb 60 foizi keyingi parlament saylovlariga qadar “Harakat va birdamlik” partiyasining yana uch yil hokimiyatda qolishi mumkinligiga shubha qiladi. Shuningdek, moldovaliklarning qariyb 70 foizining hokimiyat siyosatidan hafsalasi pir bo‘lgan va deyarli 65 foizi hukumatni o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.Namoyishchilar gaz, boshqa energiya manbalari va oziq-ovqat narxlarining misli ko‘rilmagan darajada oshishi, shuningdek, yuqori inflyatsiya va turmush darajasining tushib ketishidan g‘azabda.Mamlakat rahbariyati Rossiya bilan gaz narxini yaxshilash bo‘yicha muzokaralar olib borishni istamagani, shuningdek, muxolifat vakillariga siyosiy bosim o‘tkazgani uchun tanqid qilinadi. Moldova hukumati bir necha bor “Shor” partiyasini noqonuniy moliyalashtirilishda ayblab, uni tugatishga chaqirgan.
moldova
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/13/32374536_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6f60b5d7665fec6bf4bd07502aeeebeb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, moldova, miting
Moldovada muxolifatdagi “Shor” partiyasi hukumatga qarshi yangi mitingga chiqdi
Namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab, prezident Mayya Sandu va bosh vazir Dorin Rechanni iste’foga chiqishga chaqirmoqda.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Moldovada muxolifatdagi “Shor” partiyasi tarafdorlari va vakillari yakshanba kuni hukumatga qarshi yangi mitingga chiqdi, kolonnalar Kishinyovning markaziy ko‘chalari bo‘ylab parlament binosi tomon harakatlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda. Namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab, prezident Mayya Sandu va bosh vazir Dorin Rechanni iste’foga chiqishga chaqirmoqda. Norozilik harakati yetakchilarining tushuntirishicha, yakshanba kungi mitingda respublika aholisining kommunal to‘lovlarga sarflagan pullarini qaytarish talablari qo‘yiladi.
“Biz aholidan o‘g‘irlangan pullarni qaytarib olmoqchimiz. Mamlakatimizda gaz va issiqlik uchun tariflar sakkiz baravar oshdi, biz bu holat mamlakat rahbariyati, hukumat aybi bilan sodir bo‘ldi, deb hisoblaymiz. Fuqarolarning qish oylaridagi to‘lovlarini to‘liq berishni talab qilamiz. Albatta, bu hukumat iste’foga chiqishi kerak, parlament tarqatilishi kerak. “Harakat va birdamlik” partiyasining hukmron rejimi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishga ojizligini isbotladi”, - deydi “Shor” partiyasi raisi o‘rinbosari Marina Tauber.
Avvalroq muxolifatdagi “Shor” partiyasi elektr energiyasi tariflari va narxlar oshishiga qarshi norozilik namoyishlari qayta boshlanganini ma’lum qilgan edi. Birinchi norozilik aksiyasi 19-fevralga belgilangandi.
Ko‘plab so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat aholisining qariyb 60 foizi keyingi parlament saylovlariga qadar “Harakat va birdamlik” partiyasining yana uch yil hokimiyatda qolishi mumkinligiga shubha qiladi. Shuningdek, moldovaliklarning qariyb 70 foizining hokimiyat siyosatidan hafsalasi pir bo‘lgan va deyarli 65 foizi hukumatni o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Namoyishchilar gaz, boshqa energiya manbalari va oziq-ovqat narxlarining misli ko‘rilmagan darajada oshishi, shuningdek, yuqori inflyatsiya va turmush darajasining tushib ketishidan g‘azabda.
Mamlakat rahbariyati Rossiya bilan gaz narxini yaxshilash bo‘yicha muzokaralar olib borishni istamagani, shuningdek, muxolifat vakillariga siyosiy bosim o‘tkazgani uchun tanqid qilinadi. Moldova hukumati bir necha bor “Shor” partiyasini noqonuniy moliyalashtirilishda ayblab, uni tugatishga chaqirgan.