Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev radioaktiv moddalar bilan provokatsiya tayyorlamoqda – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMinisterstvo oboroni Rossii
Ministerstvo oboroni Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2023
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, Yevropadan Ukrainaga radioaktiv moddalar bo‘lgan konteynerlar yetkazilgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarini ayblash maqsadida provokatsiya uchun Yevropadan Ukrainaga radioaktiv moddalar bo‘lgan konteynerlar yetkazilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, Kiyev rejimi BMT Bosh Assambleyasining 11-favqulodda maxsus sessiyasi boshlanishidan oldin Rossiya Federatsiyasini maxsus harbiy operatsiya paytida yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Konvensiya majburiyatlarini “qo‘pol ravishda buzganlik”da ayblash uchun keng ko‘lamli provokatsiyaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
“Ushbu provokatsiyani amalga oshirish uchun Ukrainaga Yevropa davlatlaridan birining hududidan bojxona tekshiruvini chetlab o‘tib, radioaktiv moddalar bo‘lgan bir nechta konteynerlar olib kelindi”, - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Ularning aniqlik kiritishicha, provokatsiyadan maqsad Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarini go‘yoki Ukrainadagi radiatsiyaviy xavfli obyektlarga zarbalar berish, bu esa radioaktiv moddalarning sizib chiqishi va hududning ifloslanishiga olib kelganlikda ayblashdir.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0