https://oz.sputniknews.uz/20230218/xitoy-ukrainadagi-vaziyatni-tartibga-solish-boyicha-pozitsiya-hujjatini-tayyorlamoqda-32365333.html
Xitoy Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha hujjat tayyorlamoqda
Xitoy Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha hujjat tayyorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy fevral oxirigacha Ukrainadagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish uchun o‘z nuqtayi nazari aks etgan hujjat ishlab chiqadi. 18.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-18T18:05+0500
2023-02-18T18:05+0500
2023-02-18T21:17+0500
dunyoda
xitoy
van i
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/10/29183732_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2fcfec386ff7b5b3c1c433d92532889b.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Fevral oyiybyu oxiriga qadar Xitoy Ukrainadagi mojaroni siyosiy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z pozitsiyasi aks etgan hujjat taqdim etadi. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I Munxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Xitoy nuqtayi-nazari aks etgan hujjatida hududiy yaxlitlik va suverenitetni hurmat qilish, BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga rioya qilish, qonuniy xavfsizlik xavotirlarini jiddiy qabul qilish va inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etiladi.Shuningdek, hujjatda Xitoy yadro urushlari orqali g‘alaba qozonib bo‘lmasligi haqidagi tezisni yana bir bor takrorlaydi va yadroviy falokatning oldini olish maqsadida atom elektr stansiyalari va atom inshootlariga hujumlarga qarshi turishga chaqiradi.Ma’lumot uchun, Moskva Ukraina mojarosining birinchi kunidan boshlab muzokaralarga tayyor ekanini va Kiyevga mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni taklif qilgan edi. Biroq Ukraina rahbariyati, xususan prezidnt Zelenskiy o‘z farmoni bilan har qanday muzokaralar o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘ydi. Ustiga ustak Zelenskiy o‘tgan yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida “Minsk-3 bo‘lmaydi” degan edi.Eslatib o‘tamiz, Rossiya uzoq yillar davomida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbariyati imzo chekkan Minsk shartnomalari Ukrainada tinchlik o‘rnatishga, Donbass aholisi genotsidini to‘xtatishga olib keladi deb umid qilib kelgan edi. Afsuski bu amalga oshmadi, Ukraina DXR va LXR hdudidni o‘qqa tutishda davom etdi. Ustiga ustak, Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel "Minsk shartnomalari aslida Kiyevni qurollantirish maqsadida vaqt yutish uchun" imzonlangani tan oldi.
xitoy
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/10/29183732_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_361ae447cebe4393f3f6e7e1765d3dde.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, van i, ukraina
dunyoda, xitoy, van i, ukraina
Xitoy Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha hujjat tayyorlamoqda
18:05 18.02.2023 (yangilandi: 21:17 18.02.2023) Xitoy fevral oxirigacha Ukrainadagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish uchun o‘z nuqtayi nazari aks etgan hujjat ishlab chiqadi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Fevral oyiybyu oxiriga qadar Xitoy Ukrainadagi mojaroni siyosiy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z pozitsiyasi aks etgan hujjat taqdim etadi.
Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I Munxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti.Xitoy nuqtayi-nazari aks etgan hujjatida hududiy yaxlitlik va suverenitetni hurmat qilish, BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga rioya qilish, qonuniy xavfsizlik xavotirlarini jiddiy qabul qilish va inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etiladi.
Shuningdek, hujjatda Xitoy yadro urushlari orqali g‘alaba qozonib bo‘lmasligi haqidagi tezisni yana bir bor takrorlaydi va yadroviy falokatning oldini olish maqsadida atom elektr stansiyalari va atom inshootlariga hujumlarga qarshi turishga chaqiradi.
"Biz har qanday sharoitda ham kimoviy va biologik qurollardan foydalanishga qarshi turishimiz kerak. Tinchlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz davom etadi", - deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
Ma’lumot uchun, Moskva Ukraina mojarosining birinchi kunidan boshlab muzokaralarga tayyor ekanini va Kiyevga mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni taklif qilgan edi. Biroq Ukraina rahbariyati, xususan prezidnt Zelenskiy o‘z farmoni bilan har qanday muzokaralar o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘ydi. Ustiga ustak Zelenskiy o‘tgan yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida “Minsk-3 bo‘lmaydi” degan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya uzoq yillar davomida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbariyati imzo chekkan Minsk shartnomalari Ukrainada tinchlik o‘rnatishga, Donbass aholisi genotsidini to‘xtatishga olib keladi deb umid qilib kelgan edi. Afsuski bu amalga oshmadi, Ukraina DXR va LXR hdudidni o‘qqa tutishda davom etdi. Ustiga ustak, Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel "Minsk shartnomalari aslida Kiyevni qurollantirish maqsadida vaqt yutish uchun" imzonlangani tan oldi.