https://oz.sputniknews.uz/20230218/quyoshda-yana-bir-kuchli-chaqnash-sodir-boldi--32358113.html
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Quyoshda kuchli chaqnash 18-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 18.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-18T13:38+0500
2023-02-18T13:38+0500
2023-02-18T13:38+0500
dunyoda
quyosh, oy, kosmos
magnit bo‘roni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/626/74/6267469_0:5:1089:618_1920x0_80_0_0_4c6095ab06d45a09a81ab0433b724324.png
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, bu Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi. Rossiya Fanlar akademiyasiga ko‘ra, Quyoshda kuchli chaqnash 18-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yarim tundan biroz oldin X2.2 balli chaqnash qayd etilgan. Undan oldin bir nechta zaif C sinfdagi chaqnash kuzatilgan.Quyosh 2022-yil dekabr oyi oxiri - 2023-yil yanvar oyi boshida noodatiy faol bo‘lgan. Keyin yulduzda bir nechta C sinfidagi chaqnashlar yuz bergan. Olimlar 2022 va 2023-yillar oralig‘ida kuzatilgan quyosh faolligining o‘sishini 2017-yildan beri eng kuchlisi deb atadi.Yanvar oyining o‘rtalariga kelib, bu davr tugadi. Olimlar buni Quyosh o‘z atmosferasiga tashlangan barcha ortiqcha faol energiyani yoqib yuborishi bilan bog‘lashdi.Shu bilan birga, Quyoshda faoliyat markazlari saqlanib qolmoqda, shu jumladan quyosh dog‘larining juda katta guruhlari, ularning umumiy maydoni tarixdagi maksimal qiymatlarga yaqin. Shunday qilib, bu markazlarning yana hayotga kirishi va portlashlar ketma-ketligi qayta boshlanishi ehtimoli bor.Quyosh chaqnashlari Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa o‘z navbatida energiya tizimlarini buzadi hamda qushlar va hayvonlarning migratsiya shakllariga ta’sir qiladi.Eslatib o‘tamiz 10-yanvar kuni Quyoshda X1.0 balli chaqnash sodir bo‘lgan edi. Undan keyin yana beshta chaqnash - uchta zaif C sinf va ikkita o‘rta M sinfda chaqnash kuzatilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/626/74/6267469_131:0:959:621_1920x0_80_0_0_c6fab54c4bc07567b955eae26ea91f9b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, quyosh, oy, kosmos, magnit bo‘roni
dunyoda, quyosh, oy, kosmos, magnit bo‘roni
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
Quyoshda kuchli chaqnash 18-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, bu Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligi
xabar berdi. Rossiya Fanlar akademiyasiga ko‘ra, Quyoshda kuchli chaqnash 18-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yarim tundan biroz oldin X2.2 balli chaqnash qayd etilgan. Undan oldin bir nechta zaif C sinfdagi chaqnash kuzatilgan.
Quyosh 2022-yil dekabr oyi oxiri - 2023-yil yanvar oyi boshida noodatiy faol bo‘lgan. Keyin yulduzda bir nechta C sinfidagi chaqnashlar yuz bergan. Olimlar 2022 va 2023-yillar oralig‘ida kuzatilgan quyosh faolligining o‘sishini 2017-yildan beri eng kuchlisi deb atadi.
Yanvar oyining o‘rtalariga kelib, bu davr tugadi. Olimlar buni Quyosh o‘z atmosferasiga tashlangan barcha ortiqcha faol energiyani yoqib yuborishi bilan bog‘lashdi.
Shu bilan birga, Quyoshda faoliyat markazlari saqlanib qolmoqda, shu jumladan quyosh dog‘larining juda katta guruhlari, ularning umumiy maydoni tarixdagi maksimal qiymatlarga yaqin. Shunday qilib, bu markazlarning yana hayotga kirishi va portlashlar ketma-ketligi qayta boshlanishi ehtimoli bor.
Quyosh chaqnashlari Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa o‘z navbatida energiya tizimlarini buzadi hamda qushlar va hayvonlarning migratsiya shakllariga ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz 10-yanvar kuni Quyoshda X1.0 balli chaqnash sodir bo‘lgan edi. Undan keyin yana beshta chaqnash - uchta zaif C sinf va ikkita o‘rta M sinfda
chaqnash kuzatilgan.