Poytaxtda ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar yopiladi

© SS0 / Unsplash / Will PoradaZnak stop, illyustrativnoe foto
Znak stop, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Obuna bo‘lish
Ertaga poytaxtda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli qator ko‘chalar 2,5 soatga yopiladi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Ertaga Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ertaga poytaxtda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan turnir sababli qator ko‘chalar soat 07:00 dan soat 09:30 gacha yopiladi.
© Toshkent shahar hokimligiYopiladigan ko‘chalar
Yopiladigan ko‘chalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Yopiladigan ko‘chalar
Yopiladigan ko‘chalar:
Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Beshog‘och ko‘chasi kesishgan joyigacha;
Beshog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha.
Shuningdek, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonigacha bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi.
Yangiliklar lentasi
0