Po‘lat Bobojonov yana bir lavozimga saylandi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Po‘lat Bobojonov
Po‘lat Bobojonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bugun O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0