Hamma havo sharlarini urib tushirmoqchimisiz? - Xitoy AQShni bema’ni ishlar qilmaslikka chaqirdi

© RIA Novosti AQSh osmonida urib tushirilgan Xitoy havo sharining qoldiqlari
AQSh osmonida urib tushirilgan Xitoy havo sharining qoldiqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Obuna bo‘lish
Van I: AQSh Xitoyning havo sharlariga oid faktlarini e’tiborsiz qoldirib, uni raketalar bilan urib tushirish uchun ilg‘or qiruvchilardan foydalandi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Xitoy Qo‘shma Shtatlardan havo shari bilan bog‘liq muammoni xotirjam va professional tarzda hal qilishni so‘radi, ammo Vashington uni qiruvchi raketalar bilan urib tushirishga qaror qildi. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I Munxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Biz Amerika Qo‘shma Shtatlariga ushbu uchuvchisiz havo shari fuqarolik ekanligi, uning o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlari cheklanganligi va g‘arbiy shamol ta’sirida yo‘nalishdan chetga chiqib, Qo‘shma Shtatlarga kelib qolganini juda aniq tushuntirdik”, deydi Van I.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdan Xitoy tomoni bilan maslahatlashuvlar asosida buni xotirjam va professional tarzda hal qilish so‘ralgan. Lekin, AQSh bu faktlarni e’tiborsiz qoldirib, havo sharini raketalar bilan urib tushirish uchun ilg‘or qiruvchilardan foydalandi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu 100% vakolatni suiiste’mol qilish va oddiy xalqaro amaliyotni buzishdir”. Vang I dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarga tegishli ko‘plab sharlar uchayotganini ta’kidlab, "hammasini urib tushirmoqchimisiz?”, deya qayd etdi.
"Biz AQShni ichki muammolardan e’tiborni chalg‘itish uchun bunday bema’ni ishlarni qilmaslikka chaqiramiz", - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Yangiliklar lentasi
0