https://oz.sputniknews.uz/20230217/shavkat-mirziyoev-buxorolik-baxtiyor-polatov-xonadonida-mehmon-boldi--foto-32337619.html
Shavkat Mirziyoyev buxorolik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi – foto
Shavkat Mirziyoyev buxorolik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. 17.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-17T16:13+0500
2023-02-17T16:13+0500
2023-02-17T16:13+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
buxoro
uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/11/32334162_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_818994f4c4a8afa168a310fbbd605030.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev buxorolik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Davlat rahbari mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va shu yerlik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi.Qayd etilishicha, bu yerda 9 mingdan ziyod aholi yashaydi.Mahallada ilgari foydalanilmay yotgan maydonda tikuvchilik korxonasi barpo etildi. 30 dan ortiq xotin-qiz o‘z mahallasida ishli bo‘ldi. Yaqinda ish boshlaganiga qaramay, korxona 100 mingta trikotaj mahsulotlari uchun buyurtma olgan.Prezident mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishchilar bilan suhbatlashdi.Shu yerda viloyatdagi tadbirkor ayollarning hunarmandchilik mahsulotlaridan namunalar namoyish etildi. Prezident ularning bu boradagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.Rabotiqalmoq mahallasida yana 10 dan ortiq savdo va servis shoxobchalari, Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Aholining bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun “Otaxonlar choyxonasi”, kutubxona, sport maydonchasi, hammom va xiyobonlar tashkil etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/11/32334162_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_5303ad955863e89e2dae19b25cd74fc8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, buxoro, uy
siyosat, shavkat mirziyoyev, buxoro, uy
Shavkat Mirziyoyev buxorolik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi – foto
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev buxorolik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Davlat rahbari mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va shu yerlik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu yerda 9 mingdan ziyod aholi yashaydi.
Mahallada ilgari foydalanilmay yotgan maydonda tikuvchilik korxonasi barpo etildi. 30 dan ortiq xotin-qiz o‘z mahallasida ishli bo‘ldi. Yaqinda ish boshlaganiga qaramay, korxona 100 mingta trikotaj mahsulotlari uchun buyurtma olgan.
Prezident mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishchilar bilan suhbatlashdi.
“Agar hokimlik va tashkilotlar sharoit yaratib berolsa, har bir oila o‘zini eplab ketolsa, maqsadimga erishgan bo‘laman. Shunda katta oilamiz - davlatimiz ham mustahkam bo‘ladi”, - dedi prezident.
Shu yerda viloyatdagi tadbirkor ayollarning hunarmandchilik mahsulotlaridan namunalar namoyish etildi. Prezident ularning bu boradagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Rabotiqalmoq mahallasida yana 10 dan ortiq savdo va servis shoxobchalari, Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Aholining bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun “Otaxonlar choyxonasi”, kutubxona, sport maydonchasi, hammom va xiyobonlar tashkil etilgan.