https://oz.sputniknews.uz/20230217/bugun-buxoroga-yangi-marralarni-belgilash-uchun-keldik--shavkat-mirziyoev--32329767.html
Bugun Buxoroga yangi marralarni belgilash uchun keldik – Shavkat Mirziyoyev
Bugun Buxoroga yangi marralarni belgilash uchun keldik – Shavkat Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. 17.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-17T14:55+0500
2023-02-17T14:55+0500
2023-02-17T17:24+0500
siyosat
buxoro
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/11/32325432_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_30826ec0ac4faa0b60da4acc9d9d2d3c.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.Olimlar bilan suhbatda diniy ta’limni rivojlantirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligi ta’kidlandi.Qayd etilishicha, Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy markazlarni dunyoda yetakchilarga aylantirish kerak.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/11/32325432_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8bab4b67205f79d8fe813f63669aad18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, buxoro, shavkat mirziyoyev
siyosat, buxoro, shavkat mirziyoyev
Bugun Buxoroga yangi marralarni belgilash uchun keldik – Shavkat Mirziyoyev
14:55 17.02.2023 (yangilandi: 17:24 17.02.2023) Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida
ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
“Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni rozi qilishga harakat qilyapmiz. Bugun Buxoroga ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Olimlar bilan suhbatda diniy ta’limni rivojlantirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligi ta’kidlandi.
“Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo‘yicha ham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga nima manfaat bo‘layapti? Manfaat shunday bo‘lishi kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak”, dedi prezident.
Qayd etilishicha, Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy markazlarni dunyoda yetakchilarga aylantirish kerak.