Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Sizga tinchlik emas, Ukrainaning bir qismi kerak - Lukashenko g‘arblik jurnalistlarga

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta (VEES) na sammite stran - uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) v Bishkeke.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta (VEES) na sammite stran - uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
Lukashenko g‘arblik jurnalistlarga NATO davlatlari aslida Ukrainada tinchlik o‘rnatishni emas, Polsha yordamida uning bir qismini egallab olishni istayotganini aytdi.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko NATO Ukrainada tinchlik istamayotganini, aksincha ular ushbu davlatning bir qismini egallab olmoqchi bo‘layotganini aytdi.
"Sizlar polyaklarning qo‘li bilan G‘arbiy Ukrainani tortib olmoqchisizlar. Lekin buning uchun qattiq jang bo‘ladi. Men sizlarni ogohlantirib qo‘ymoqchiman, sizlar o‘ta surbet aqldan ozgan ko‘rinasizlar.
O‘shanda ko‘ramiz siz aslida Ukrainadan nima xoxlashingizni. Sizga Ukrainada tinchlik kerakmi, keling ertadan boshlab shu haqida gapirishni boshlaymiz. To‘plar otishdan to‘xtaydi. Lekin sizga bu kerak emas", - dedi Belarus yetakchisi jurnalistlarga.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0