https://oz.sputniknews.uz/20230216/qozogistonning-ozbekiston-bilan-chegarasida-elektron-navbat-joriy-etiladi-32300572.html
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida elektron navbat joriy etiladi
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida elektron navbat joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, fevral oyi oxirigacha Qozog‘iston chegarasidagi yana to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat joriy etiladi. 16.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-16T15:03+0500
2023-02-16T15:03+0500
2023-02-16T15:03+0500
dunyoda
qozog‘iston
o‘zbekiston
turkmaniston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22143385_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f58396b8dd1b302393657a626c884806.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘istonning O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegarasida elektron navbat joriy etiladi. Bu haqda Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, fevral oyi oxirigacha Qozog‘iston chegarasidagi yana to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat joriy etiladi.Xizmatning vazifasi shundaki, tashuvchilar navbatni oldindan bron qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu yuk mashinalarining chegaradan o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Tizim ariza beruvchining soliqdan qarzi borligi, pullik yo‘llar uchun haq to‘lash, avtomobil va tirkamani ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazolarni tekshiradi.Ta’kidlanishicha, tizimda 7,5 mingga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular 84 ming navbatni bron qilish amaliyotini amalga oshirgan.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22143385_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_37044210ffc600ffc189b4504602d170.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston, o‘zbekiston, turkmaniston, chegara
dunyoda, qozog‘iston, o‘zbekiston, turkmaniston, chegara
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida elektron navbat joriy etiladi
Ta’kidlanishicha, fevral oyi oxirigacha Qozog‘iston chegarasidagi yana to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat joriy etiladi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘istonning O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegarasida elektron navbat joriy etiladi. Bu haqda Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, fevral oyi oxirigacha Qozog‘iston chegarasidagi yana to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat joriy etiladi.
Xizmatning vazifasi shundaki, tashuvchilar navbatni oldindan bron qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu yuk mashinalarining chegaradan o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Tizim ariza beruvchining soliqdan qarzi borligi, pullik yo‘llar uchun haq to‘lash, avtomobil va tirkamani ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazolarni tekshiradi.
“To‘rtta nazorat-o‘tkazish punktidan ikkitasi Xitoy bilan chegarada joylashgan – “Baxti” va “Maykapchag‘ay”. Xizmat “Baxti”da 15-fevraldan, “Maykapchag‘ay”da 20-fevraldan ishlay boshlaydi. Avvalroq, Qozog‘iston-Xitoy chegarasida “Dostik” va “Nur-Joli” nazorat-o‘tkazish punktlarida elektron navbat joriy etilgandi. Qolgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti Mang‘istau viloyatida joylashgan. Bular “Temir-Baba” – 22-fevraldan va “Tajen” – 27-fevraldan. Birinchisi Turkmaniston bilan chegarada, ikkinchisi O‘zbekiston bilan”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tizimda 7,5 mingga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular 84 ming navbatni bron qilish amaliyotini amalga oshirgan.