Putin Mirziyoyev bilan telefonda gaplashdi

© Sputnik / Aleksei Druzhinin / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali suxbati
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali suxbati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2023
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
"Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy hamkorlaridan biridir. O‘zaro savdo-sotiq hajmi, O‘zbekiston iqtisodiga kirtilgan investitsiyalar va O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni bo‘yicha ham Rossiya yetakchi sherik.
Eng so‘nggi hamkorlik loyihalaridan biri, bu Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududida mavjud quvurlar orqali O‘zbekistonga va Xitoyga yetkazib berish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik loyihasidir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya gazini yetkazib berish 2023-yilning mart oyida boshlash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0