https://oz.sputniknews.uz/20230216/ozbekgeofizika-aj-rossiya-kompaniyasi-bilan-hamkorlik-masalalarini-muhokama-qildi-32298220.html
“O‘zbekgeofizika” AJ Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
“O‘zbekgeofizika” AJ Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
“Promperforator” kompaniyasi 21-yildan buyon neft va gaz quduqlarida otish-portlatish tizimlarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 16.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-16T12:25+0500
2023-02-16T12:25+0500
2023-04-05T18:43+0500
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekneftgaz
o‘zbekiston
hamkorlik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/10/32297646_0:29:1280:749_1920x0_80_0_0_c51251fe8b198c38ecdf15248e702470.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. “O‘zbekgeofizika” AJ hamda Rossiyaning “Promperforator” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti, Konlarni ishlatish departamenti, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari mutaxassislari, “O‘zbekgeofizika” AJ quduqlarni sinash va otish ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan uskunalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Rossiyaning “Promperforator” kompaniyasi mutaxassislari bilan texnologik-ilmiy uchrashuv o‘tkazilgan.Shuningdek, uchrashuv yakunida “Promperforator” kompaniyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari sinov ishlarida qo‘llaniladigan maxsus uskunalarni ishlab chiqarish hamda sinash jarayonlari bilan bevosita tanishish maqsadida kompaniya zavodlariga taklif qilingan.Ma’lumot uchun, “Promperforator” kompaniyasi 21-yildan buyon neft va gaz quduqlarida otish-portlatish tizimlarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ushbu kompaniyaning O‘zbekistondagi ko‘p yillik hamkori “O‘zbekneftgaz” AJning geofizik-tadqiqot va otish-portlatish bo‘yicha pudratchisi “O‘zbekgeofizika” AJ hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/10/32297646_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_5addc630e0f735185c8bfee4049bf2cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekneftgaz, o‘zbekiston, hamkorlik, rossiya
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekneftgaz, o‘zbekiston, hamkorlik, rossiya
“O‘zbekgeofizika” AJ Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
12:25 16.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) “Promperforator” kompaniyasi 21-yildan buyon neft va gaz quduqlarida otish-portlatish tizimlarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. “O‘zbekgeofizika” AJ hamda Rossiyaning “Promperforator” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti, Konlarni ishlatish departamenti, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari mutaxassislari, “O‘zbekgeofizika” AJ quduqlarni sinash va otish ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan uskunalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Rossiyaning “Promperforator” kompaniyasi mutaxassislari bilan texnologik-ilmiy uchrashuv o‘tkazilgan.
Uchrashuv davomida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2023-yilda neft va gaz geologiya qidiruv ishlari doirasida yangi burg‘ilanadigan quduqlarning mahsuldorligini yanada oshirish, yangi sinash ishlari uchun ishlatiladigan uskunalar va ularni ish jarayonida qo‘llash, geologiya qidiruv ishlarida rejalashtirilgan chora-tadbirlarning samarasini oshirish kabi masalalarda ko‘p tomonlama hamkorlikda ishlashga kelishilgan.
Shuningdek, uchrashuv yakunida “Promperforator” kompaniyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari sinov ishlarida qo‘llaniladigan maxsus uskunalarni ishlab chiqarish hamda sinash jarayonlari bilan bevosita tanishish maqsadida kompaniya zavodlariga taklif qilingan.
Ma’lumot uchun, “Promperforator” kompaniyasi 21-yildan buyon neft va gaz quduqlarida otish-portlatish tizimlarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ushbu kompaniyaning O‘zbekistondagi ko‘p yillik hamkori “O‘zbekneftgaz” AJning geofizik-tadqiqot va otish-portlatish bo‘yicha pudratchisi “O‘zbekgeofizika” AJ hisoblanadi.