https://oz.sputniknews.uz/20230216/nodirbek-abdusattorov--biografiya-32306721.html
Nodirbek Abdusattorov – biografiya
Nodirbek Abdusattorov – biografiya
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovning tarjimai holi va u haqida qiziqarli faktlar.
2023-02-16T20:13+0500
2023-02-16T20:13+0500
2023-02-16T20:17+0500
sport
nodirbek abdusattorov
shaxmat
biografiya
o‘zbekiston
chempion
rekord
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31935032_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_cafd8119a46b1fe120e6c4a2849436fc.jpg
O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro toifadagi grossmeyster, tezkor yo‘nalishdagi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov 2004-yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.Abdusattorov 3 yoshligidan shaxmat o‘ynashni boshlagan. U 5 yoshida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi turnirda g‘olib bo‘lgan. 6 yoshida O‘zbekiston chempioniga aylangan.Shaxmatdagi faoliyati2012 yilda Sloveniyaning Maribor shahrida 8 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogini qo‘lga kiritdi.2014 yilda 9 yoshli Nodirbek Toshkentda Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turnirida ikki grossmeysterni mag‘lubiyatga uchratdi.2015 yil noyabr oyida Yunonistonning Porto-Karas shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.2017 yilning 29-oktabrida Chigorin memoriali musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu turnir davomida 13 yoshli Nodirbek o‘z reytingini 2500 balldan yuqori ko‘tarib, grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.2021 yil sentabr oyida Abdusattorov Rossiya shaxmat federatsiyasi tomonidan "Yasnaya Polyana" muzey-mulkida tashkil etilgan Lev Tolstoy nomidagi turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi.2021 yil 26-29 dekabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida amaldagi jahon chempionlari — Yan Nepomnyashchiy va Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.2023 yilda klassik o‘yinda Magnus Karlsenni ortda qoldirib, Chigorin ramziy klubiga a’zolikni qo‘lga kiritdi.Erishgan yutuqlariU 2017-yil 29-oktabr kuni 13 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi. Bunga qadar faqatgina rossiyalik shatmatchi – Sergey Karakin Nodirbekdan ko‘ra kichikroq vaqtida, 12 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan.2021 yil yanvar holatiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng yosh beshinchi grossmeyster bo‘lgan.2021 yil dekabr oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan shaxmatning rapid (tezkor) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati g‘olib bo‘ldi. U musobaqa davomida 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni hamda rossiyalik Yan Nepomnyashiyni mag‘lub etdi.O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Nodirbek Abdusattorov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda prezident ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilindi.2022 yil avgust oyida Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov bilan birgalikda Chennayda o‘tkazilgan 44-butunjahon olimpiadasi chempioni bo‘ldi.OilasiChempionning onasi Marziya Ochilova, otasi esa Fazliddin Ochilov. Nodirbekning bir akasi va bir opasi bor.Nodirbekning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:Telegram – kanali; Twitter – sahifasi.Nodirbekning Sputnik'ga 2017-yilda bergan eksklyuziv intervyusida shaxmat bo‘yicha keyingi besh yillik prognozi haqida tanishing.Grossmeyster haqida qiziqarli faktlar bilan ushbu materialda tanishing.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31935032_22:64:1039:827_1920x0_80_0_0_dc2e926b0b568b98da789e16f482ca80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nodirbek abdusattorov – biografiya chempion shaxmat rapid dunyoda magnus karlssen eng yosh jahon chempioni rekord o‘zbekiston nodirbek abdusattorov – biografiya chempion shaxmat rapid dunyoda magnus karlssen eng yosh jahon chempioni rekord o‘zbekiston
nodirbek abdusattorov – biografiya chempion shaxmat rapid dunyoda magnus karlssen eng yosh jahon chempioni rekord o‘zbekiston nodirbek abdusattorov – biografiya chempion shaxmat rapid dunyoda magnus karlssen eng yosh jahon chempioni rekord o‘zbekiston
Nodirbek Abdusattorov – biografiya
20:13 16.02.2023 (yangilandi: 20:17 16.02.2023) O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovning tarjimai holi va ish faoliyati haqida batafsil Sputnik materialida tanishing.
O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro toifadagi grossmeyster, tezkor yo‘nalishdagi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov 2004-yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Abdusattorov 3 yoshligidan shaxmat o‘ynashni boshlagan. U 5 yoshida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi turnirda g‘olib bo‘lgan. 6 yoshida O‘zbekiston chempioniga aylangan.
2012 yilda Sloveniyaning Maribor shahrida 8 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogini qo‘lga kiritdi.
2014 yilda 9 yoshli Nodirbek Toshkentda Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turnirida ikki grossmeysterni mag‘lubiyatga uchratdi.
2015 yil noyabr oyida Yunonistonning Porto-Karas shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
2017 yilning 29-oktabrida Chigorin memoriali musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu turnir davomida 13 yoshli Nodirbek o‘z reytingini 2500 balldan yuqori ko‘tarib, grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.
2021 yil sentabr oyida Abdusattorov Rossiya shaxmat federatsiyasi tomonidan "Yasnaya Polyana" muzey-mulkida tashkil etilgan Lev Tolstoy nomidagi turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi.
2021 yil 26-29 dekabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida amaldagi jahon chempionlari — Yan Nepomnyashchiy va Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
2023 yilda klassik o‘yinda Magnus Karlsenni ortda qoldirib, Chigorin ramziy klubiga a’zolikni qo‘lga kiritdi.
U 2017-yil 29-oktabr kuni 13 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi. Bunga qadar faqatgina rossiyalik shatmatchi – Sergey Karakin Nodirbekdan ko‘ra kichikroq vaqtida, 12 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan.
2021 yil yanvar holatiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng yosh beshinchi grossmeyster bo‘lgan.
2021 yil dekabr oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan shaxmatning rapid (tezkor) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati g‘olib bo‘ldi. U musobaqa davomida 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni hamda rossiyalik Yan Nepomnyashiyni mag‘lub etdi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Nodirbek Abdusattorov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda prezident ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon
sovg‘a qilindi.2022 yil avgust oyida Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov bilan birgalikda Chennayda o‘tkazilgan 44-butunjahon olimpiadasi chempioni bo‘ldi.
Chempionning onasi Marziya Ochilova, otasi esa Fazliddin Ochilov. Nodirbekning bir akasi va bir opasi bor.
Nodirbekning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Nodirbekning
Sputnik'ga 2017-yilda bergan eksklyuziv intervyusida shaxmat bo‘yicha keyingi besh yillik prognozi
haqida tanishing.Grossmeyster haqida qiziqarli faktlar bilan ushbu
materialda tanishing.