Yangi razvedka mashinalari jang maydoniga yetib keldi - video

Obuna bo‘lish
Maxsus operatsiya zonasiga zamonaviylashtirilgan BRM-1K razvedka mashinalari yetib keldi.
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Maxsus operatsiya zonasida modernizatsiya qilingan BRM-1K razvedka jangovar mashinalari paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.
Hozirda ekipajlar ularni Zaporojye viloyatidagi poligonlarda o‘zlashtirmoqda.

"Biz BRM-1K mashinasida dekabr oyidan beri mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz. Uskunalar yangi, elektronika. Hammasi ishlaydi, hammasi yaxshi va hech qanday qiyinchilik yo‘q. Biz ilgari BMPda ishlashgan o‘qitilgan edik. Bu mashinada hamma narsa osonroq: o‘q-dorilarni yuklash ham, qurolni demontaj qilish ham qiyin emas, faqat ozgina mashq kerak. Mashina to‘pi nishonga bexato zarba beradi: qayerni nishonga olsang o‘sha yerga tegadi ”, - dedi harbiylardan biri.

BRM-1K - bu sovet davrida ishlab chiqilgan BMP-1 bazasiga o‘rnatilgan jangovar transport vositasi bo‘lib u 7,62 mm pulemot va 30 mm avtomatik to‘p bilan jihozlangan. BMPdan farqli ravishda ushbu mashina ekipaji jang maydonidan razvedka qilish bilan shug‘ullanadi. Mashinada kuzatish va axborot to‘plash uchun maxsus elektron jihozlar va komplekslar o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, BRM-1K borasida shartnoma Mudofaa vazirligi va "Uralvagonzavod"ga orasida 2020-yilda imzolangan edi. Ushbu mashinalarini birinchi partiyasi armiyaga yetkazib berilgani haqidagi xabardar 2022-yil may oyida paydo bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0