Yangi iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga ulash tartibi o‘zgardi - prezident qarori

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishMingechaurskaya GES
Mingechaurskaya GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Prezident yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi qaror imzoladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Endi O‘zbekistonda mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan meyordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan taqiqlanadi. Bu haqda 13-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
Qaror bilan Energetika vazirligi huzurida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, Energetika nazorati bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Bosh prokuror o‘rinbosari yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlar Bosh prokuror o‘rinbosari:
O‘zenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam ko‘rsatadi;
Bosh prokuratura huzuridagi MIB va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.
2023 yil 1-martdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E-ma‘muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.
2023 yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti yoki "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan xolda tuziladi.
2023 yil 1-iyungacha yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, inson omilisiz qayta hisob-kitob qilish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va Soliq qo‘mitasi bazasida parallel ravishda hisobga olishni nazarda tutuvchi dastur joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra shuningdek, elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0