Xitoy ustidan uchgan noma’lum uchar obyektlar nima ekanligi taxmin qilindi

© Szimu SinvenV nebe nad Kitayem zametili NLO
V nebe nad Kitayem zametili NLO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis Ivanov: Xitoy osmonidagi NUJlarga o‘xshash obyektlar diodli sharlar bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Xitoy ustida aniqlangan noma’lum uchar jismlar zanjir bilan uchirilgan fotodiodli bayram sharlari bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kuban davlat universiteti Astrofizika optik rasadxonasi rahbari Aleksandr Ivanov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Yozda rasadxonadagi ta’tilda buni kuzatish imkoniga ega bo‘ldim, ular (obyektlar – tahr.) ham zanjir bo‘lib yurishgan. Biz ularni sun’iy yo‘ldosh deb o‘yladik. Ammo ular texnika yordamida ishora qilganda, yorug‘lik chiqaradigan yarim o‘tkazgichli fotodiodli sharlarning yangi turlari ekanligini ko‘rdik. Bunday holda, bu oddiy sharlar bo‘lishi mumkin”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Ivanovning ta’kidlashicha, kuchli iliq havo oqimi sharlarni yerdan ancha baland - 500-800 metrgacha ko‘tarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xitoyning shimoli-sharqidagi Xeylunszan provinsiyasining Rossiya bilan chegaradosh Sitsikar shahri aholisi osmonda qandaydir tez uchuvchi jismlar "dastasi"ni payqab qolganliklari ma’lum bo‘lgan edi. Aytilishicha, oldingi qatorda uchayotgan jismlar birin-ketin yona boshlagan, bu vaqtda oxirgi qatordagilar esa birin-ketin o‘chgan.
Yangiliklar lentasi
0