Vazirlar mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi
© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
© Sputnik / © Sputnik / Aleksey Danichev
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Vazirlar mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni bilan Vazirlar mahkamasining yangi ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlangan edi.
Prezident farmoniga asosan, Djurabayev Abdurashid Abduvoxidovich O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Abdurashid Djurabayev O‘zbekiston respublikasi prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Vazirlar mahkamasining qarori bilan:
Nusratbek Davrankulovich Toychiyev O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi;
Davron Narimovich Kalandarov O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi;
Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi;
Mansurbek Bazorboyevich Jumaniyazov O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.J.Ramatovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi;
Izzat Raxmatullayevich Tangriyev O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari D.A.Kuchkarovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi lavozimidan ozod qilindi;
Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A.Xodjayevning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan ozod qilindi;
Nodir Muxtorovich Dusmatov O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.B.Maxkamovaning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar mahkamasi Oila va xotin qizlar masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod qilindi;
Dilshod Ibragimovich Xolmurodov O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.