Rim papasi Fransisk Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVizit Papi Rimskogo v Gruziyu
Vizit Papi Rimskogo v Gruziyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Rim papasi Vladimir Putin bilan Yevropada tinchlik o‘rnatish masalasini muhokama qilmoqchi - tafsilotlar.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rim papasi Fransisk Vladimir Putin bilan Yevropadagi Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini muhokama qilmoqchi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Rim papasida Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha taklif rejasi bor va u Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar olib borish istagini, Moskvaga kelishga tayyorligini tasdiqladi”, — dedi Butunjahon eski imonlilar ittifoqi raisi Leonid Sevastanov RIA Novosti agentligiga.

U, shuningdek, pontifikning maktubidan bir parcha keltirdi: “Men Moskvaga borib, Putin bilan Yevropada tinch yo‘l bilan tartibga solish rejasi haqida gaplashmoqchiman”.
Yangiliklar lentasi
0