O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik agentliklari ochiladi

© AFP 2023 / Noel Celis Delegati posle seremonii otkritiya XX syezda Kompartii Kitaya v Pekine
Delegati posle seremonii otkritiya XX syezda Kompartii Kitaya v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Xitoyning “New Silk Road Product Center” direktori va “Zhejang Loong Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik agentliklari ochiladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov Shaanxi Tourism Group” kompaniyasi qoshidagi “New Silk Road Product Center” direktori va “Zhejang Loong Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
© Madaniyat va turizm vazirligi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik agentliklari ochiladi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik agentliklari ochiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik agentliklari ochiladi
Uchrashuvda, tomonlar ikki davlatning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston va Xitoyda vakolatxonalar ochish zarurligini tasdiqlashdi.
Tomonlar muhokama qilgan masalalar:
Xitoydan O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlik oqimini ko‘paytirish;
Maxsus qo‘shma sayohat yo‘nalishini ishlab chiqish;
O‘zbekiston turizm salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish;
Imkon qadar qisqa muddatda ikki davlatning turistik shaharlari o‘rtasida muntazam va charter reyslarini amalga oshirish;
Xitoyning ichki turizmni rivojlantirish tajribasini o‘rganish.

“Uchrashuvda sayyohlik agentliklarini ochish masalasini tezlashtirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik infratuzilmaga ega tarixiy shaharlarda “Shaanxi Tourism Group”” kompaniyasi mutaxassislari uchun info-turlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Shaanxi Tourism Group” kompaniyasi faoliyati turizm industriyasini qo‘llab-quvvatlash va turizmga investitsiyalar kiritishni rivojlantirishga qaratilgan. 2021-yilda tashkilot 210 millionga yaqin sayyohni qabul qildi. Kompaniyaning 100 dan ortiq xolding va aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, 10 mingdan ortiq xodimlari va 5,8 mlrd miqdoridagi umumiy aktivlari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0