Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 15-fevralning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie artilleriyskogo rascheta gaubisi D-30 voorujennix sil RF rabotayut po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO
Voyennoslujashie artilleriyskogo rascheta gaubisi D-30 voorujennix sil RF rabotayut po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy xabarlari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya va Kotlyarovka aholi punktlari hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining 14mexanizatsiyalashgan brigadasi va 103-hududiy mudofaa brigadasi shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi.
Xarkov viloyatining Kraxmalnoe, Masutovka, Pershotravneve, Timkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 8ta diversion-razvedka guruhini yo‘q qildi.
Dushman jami yo‘qotishlari 100 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, to‘rtta boshqa texnikasi va bitta D-30 gaubitsasini tashkil qilgan.
Xarkov viloyati Veterinarnoe posolkasi hududida 113-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida "Sentr" qo‘shinlar guruhi LXRing Chervonaya Dibrova, Stelmaxovka va DXRning Yampolovka aholi punktlari hududida joylashgan UQKning 67, 92-mexanizatsiyalashgan va 25-havo-desant brigadalari bo‘linmalariga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 65 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, BMP, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashina, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va "Grad" reaktiv tizimini tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi hujum operatsiyalari natijasida UQKning 190 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilari, ikkita BMP, bitta BIR, uchta avtomashina, "Msta-B" gaubitsasi va M777 (AQSh) artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi Donetsk Xalq Respublikasining Ugledar va Novoselka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi. Dushmanning 60 dan ortiq harbiy xizmatchisi, ikkita tanki, to‘rtta BMP, ikkita zirhli jangovar mashinasi, D-20 va D-30 gaubitsalari, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson viloyatida ham artilleriyaga qarshi jangda UQKning "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya UQKning 112 ta hududda joylashgan 87 ta artilleriya bo‘linmalarini harbiy xizmatchilari va texnikasini yo‘q qildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Sofiyevka, Popovka, Golikovo, Novokrasnyanka, Kremennaya, Jitlovka, Chervonopovka aholi punktlari hududlarida UQKning 11ta uchuvchisiz apparatlarini va HIMARS (AQSh) reaktiv tiziminig 8ta snaradini tutib olishdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 385 ta samolyot, 208 ta vertolot, 3132 ta uchuvchisiz uchish apparati, 404 ta zenit-raketa kompleksi, 7875 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1020 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4101 ta jangovar dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 8388 dona maxsus harbiy texnika yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0