Mask itni Twitter bosh direktori lavozimiga “tayinladi”

© Foto : Elon MuskFotografiya sobaki Ilona Maska na postu "gendirektora" Twitter
Fotografiya sobaki Ilona Maska na postu gendirektora Twitter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Mask bu lavozim uchun “yetarlicha ahmoq odamni” topgach, kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Amerikalik tadbirkor va Twitter’ning yangi egasi Ilon Mask kompaniyaning yangi bosh direktorini “tayinladi” va bu “tayinlov”ni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida itning suratlari bilan tasvirlab berdi.
“Twitter’ning yangi bosh direktori shunchaki ajoyib... Anavi boshqa yigitdan ancha yaxshi! U raqamlarni yaxshi tushunadi!”- deb yozgan Twitter egasi o‘z postiga itning kursida o‘tirgan suratini ilova qilib.
Suratda siba-inu zotiga mansub Floki ismli it tasvirlangan.
O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Mask bu lavozim uchun “yetarlicha ahmoq odamni” topgach, kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.
Amerika kompaniyasi Twitter Inc. 2006-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy mahsuloti - bu qisqa xabarlar almashish uchun ijtimoiy tarmoq. Bosh qarorgohi Kaliforniyashtatining San-Fransisko shahrida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0