Kiyev osmonida noma’lum uchar jism ko‘rindi

© AP Photo / Felipe DanaNochnoy Kiyev. Arxivnoe foto.
Nochnoy Kiyev. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat ham mamlakat hududida havo sharlari paydo bo‘lganini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Kiyev osmonida shar shaklidagi noma’lum uchuvchi jism kuzatildi. Bu haqda Ukraina nashriga tayanib RIA Novosti yozmoqda.
“Kiyev jamoatchiligi poytaxt osmonida shar shaklidagi noma’lum uchuvchi jism kuzatilgani haqida yozishmoqda”, - deyiladi xabarda.
14 fevral kuni tushdan keyin Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat ham mamlakat hududida havo sharlari paydo bo‘lganini ma’lum qildi. 12-fevral kuni Dnepropetrovsk viloyati osmonida shunga o‘xshash uchuvchi jismlar kuzatilgan. Ukraina harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, ular go‘yoki Rossiya hududidan uchirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xitoyning shimoli-sharqidagi Xeylunszan provinsiyasining Rossiya bilan chegaradosh Sitsikar shahri aholisi osmonda qandaydir tez uchuvchi jismlar “dastasi”ni payqab qolganliklari ma’lum bo‘lgan edi. Aytilishicha, oldingi qatorda uchayotgan jismlar birin-ketin yona boshlagan, bu vaqtda oxirgi qatordagilar esa birin-ketin o‘chgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin 2022-yil 1-yanvardan buyon Amerika aerostatlari mamlakat havo hududida o‘ndan ortiq noqonuniy parvoz qilganini aytdi. Oq uy bu da’volarni yolg‘on deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0