Dubaydan Dushanbega uchayotgan samolyot Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi

© Xokimiyat Namanganskoy oblasti“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan
“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Samolyot yo‘lovchilari bilan 16-fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Dubaydan Dushanbega uchayotgan samolyot Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
"Flydubai FZ793" reysi qalin tumanda ko‘rishning yomonlashuvi tufayli Dushanbe aeroportiga qo‘na olmadi va Samarqand xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Bortida 141 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 03:01da Samarqand aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchilar va ekipaj mehmonxonaga joylashtirilgan.
Samolyot yo‘lovchilari bilan 16-fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0