Brusseldagi uchrashuv va “Ramshtayn-9”: UQK manfaatlariga patronaj va sabotaj

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSammit YeS v Brussele
Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
AQShning ambitsiyalari Ukrainaning vayron bo‘lishiga olib keldi. Mojaroning davom etishi - Yevropaga, AQSh va NATOning jisman mavjudligiga tahdid soladi.
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. NATO qo‘g‘irchoq Ukraina armiyasidan foydalanib kollektiv proksi-urush orqali yadro-raketali Rossiyani mag‘lub etish yoki zaiflashtirish niyati ko‘p qutbli dunyoning og‘ir haqiqatiga duch kelgan holda barbod bo‘lmoqda. Tahdidli bayonotlar va rejalar AQSh va NATO harbiy qudratiga mos emas.
Hattoki Ukrainaga donor bo‘lgan amerikaparast mamlakatlarning birgalikdagi harakatlari ham (qurol arsenallari) Vashingtonning Ukraina loyihasini mag‘lubiyatdan saqlab qololmaydi.
Shimoliy Atlantika alyansi mudofaa vaziri 14-15 fevral kuni Brusselda Rossiya ustidan “g‘alaba” qozonish uchun UQKni qurol va o‘q-dorilar va boshqa harbiy vositalar bilan ta’minlash masalasini hal qiladi. Alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg atlantika ittifoqchilarini Kiyev rejimiga yordamni kuchaytirish va tezlashtirishga chaqirdi va bu jarayonni “logistika poygasi” deb atadi. Biroq, tezlashtirish istagi haqiqiy imkoniyatlarga mos kelmaydi.
Aniqlanishicha, Ukrainadagi harbiy harakatlar “o‘q dorilarni juda ko‘p miqdorda yo‘qotmoqda va ittifoqdoshlar arsenalini bo‘shatmoqda”. Katta kalibrli o‘q-dorilarning yangi partiyalarini (konveyerdan) kutish 12 oydan 28 oygacha cho‘zildi. Ukraina armiyasi va NATO uchun bunday ritm falokatni kafolatlaydi. Mudofaa vazirlari harbiy-sanoat salohiyatini oshirish yo‘llari — NATO shtab-kvartirasida yangi muvofiqlashtiruvchi guruh va o‘q-dorilar xarid qilish uchun qo‘shma mablag‘larni shakllantirishni muhokama qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Rossiyada maxsus harbiy operatsiya vazifalarini rejalashtirilgandek hal qilish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda yangi harbiy texnika va o‘q-dorilarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

Bir vaqtning o‘zida va bunga parallel ravishda UQK ga donor mamlakatlarning aloqa guruhlari Brusselda to‘qqizinchi bor yig‘ildi. “Ramshtayn-9”formati 40 dan ortiq davlat tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, vakillar Ukrainaga turli xil qurollarni yetkazib berishni muhokama qilmoqda. Zirhli transport vositalari ustuvor hisoblanmoqda (avvalroq sakkizta mamlakat tanklar va’da qilgan edi), ammo zarba beruvchi samolyotlarni yetkazib berish hozircha qog‘ozda qolmoqda.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin donor mamlakatlarning o‘tgan 11 oyda bergan yordaminini 50 mlrd dollar baholamoqda. AQSh yaqin vaqtda Ukrainaga yangi yordam paketi bermoqchi – “keyin esa – UQK ga “uzoq muddatli” integratsiyalashgan harbiy yordamni taqdim etish rejalashtirilgan. Bu esa Amerikaning so‘nggi ukrain askari qolgunicha, Rossiyaga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlaydi.

Oq uy Kiyevga yana 10 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet yordamini tasdiqlash uchun Kongress bilan birgalikda harakat qilmoqda. Shunga qaramay, Vashington qo‘g‘irchoq Kiyev rejimini qurollar yetkazib berishning keyingi ishlariga ta’sir qiladigan “urushdagi xavfli vaziyat” haqida ogohlantirib qo‘ydi.

Amerikaliklar, "katta muvaffaqiyatlar" va’da qilgan holda, Kiyevni surbetlarcha hujum qilishga undamoqda. Vaholanki, UQK bunga umuman tayyor emas va hujumga kirishgan taqdirda katta yo‘qotishlar va katta mag‘lubiyatga uchraydi. 13-fevraldan boshlab ko‘ngillilar uchun Artyomovsk/Baxmutga kirish yopilgan. "Qal’a"dan UQK texnikasi olib chiqilmoqda, Ukraina harbiylari qo‘mondonlik buyrug‘isiz pozitsiyalarni tashlab ketishga shoshilmoqda.

Arvoh ortidan quvish

NATO bosh kotibi Rossiya jang maydonida tashabbusni egallab olmasdan burun, NATO mamlakatlarini Ukrainaga maksimal darajada harbiy texnika va o‘q-dori yetkazib beriishga chaqirdi. Ammo frontda tashabbus anchadan buyon Rossiya tomonida. Rus qo‘shinlari butun front chizig‘i bo‘ylab hujumga o‘tgan, Artyomovsk va Severskda UQK uchun ikkita yangi “qozon” (qurshov) tayyorlanmoqda. G‘arb yetkazib berayotgan texnika hajmi va sifati jihatidan ularning niyatiga mos kelmaydi va vaziyatni NATO foydasiga hal qilib bermaydi.

Oddiy misol. Sakkizta mamlakat (Germaniya, Polsha, Kanada, Portugaliya, Ispaniya, Norvegiya, Daniya va Niderlandiya) konsorsiumi UQKga turli modifikatsiyadagi ikki-uch yuzta Leopard tanklarini yetkazib berish majburiyatini oldi. Bundan tashqari, AQSh, Polsha, Chexiya va Gollandiya 90 tagacha T-72 tanklarini yuboradi. Rossiya qo‘shinlari UQKning 7859 ta tank va boshqa zirhli texnikasi, 4090 dan ortiq artilleriya qurollari, 3120 ta uchuvchisiz uchish apparati, 1010 ta zalp olovli reaktiv tizimlari o‘rnatmalari, 590 ta samolyot va vertolotlar, 400 ta zenit-raketa tizimlarini yo‘q qilgan. Yordamga kelgan texnika nima bo‘lishi ma’lum.

Ishonchliligi bo‘yicha "injiq" va oldin foydalanilgan NATO zirhli texnikasini maxsus tayyorlangan Ukraina ekipajlari, mexaniklar va ehtiyot qismlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu borada ham muammolar bor, Polsha Leopard-2 tankchilarini 4 hafta ichida o‘qitishni o‘z zimmasiga oldi. Bunday yondashuv sifatni ta’minlamaydi. Va polshalik ekipajlarning jangovar harakatlarda ishtirok etishini istisni etmaydi.

Varshava nemis mashinalariga ehtiyot jismlarining yetishmovchiligidan shikoyat qilmoqda, bu esa Leopardlarning Kiyev rejimiga tezroq yetkazib berishni sekinlashtiradi. Germaniya UQK tank ekipajlarining tez tayyorlashni va’da qilmayapti. Avstriya neytral maqomiga ta’sir qilmasligi uchun shunchaki o‘quv jarayonidan voz kechdi. Ispaniya, Kanada, Shvetsiya va Finlyandiyaning qurol yetkazib berish majburiyatlari ancha noaniq. Aftidan, “donor”larda rozilik yo‘q.
Hattoki ukrain mojarosining asosiy mafkurachisi va tashkilotchisi bo‘lmish AQSh ham HIMARS zalp olovli reaktiv tizimlar uchun uzoq masofali ATACMS raketalarini va’da qilmayapti. Chunki Pentagonda “ortiqcha”si yo‘q. Lockheed Martin korporatsiyasi 20-yil ichida qariyb 4000 ta turli modifikatsiyadagi ATACMS ishlab chiqargan. Fors bo‘g‘ozi va Iroqdagi jangovar harakatlarda 600 ta foydalanilgan. Raketalarning bir qismi ittifoqdoshlarga (Janubiy Koreya, Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Turkiya, Qatar va Bahrayn) ga sotib yuborilgan. Katta urush holatida Pentagonda ikki-uch mingdan ortiq ATACMS operativ-taktik qurollari qolgan. Yangilarini buyurtma qilish qimmat va uzoq vaqt talab qiladi. ATACMSning Vashington ittifoqchilaridan reeksporti eskalatsiya xavfi va AQSh va NATOning boshqa davlatlari hududida qurolli mojaroning ehtimoliy prognozi bilan bog‘liq.
UQKga va’da qilingan 500 km dan ortiq masofaga uchadigan Britaniyaning Storm Shadow havodan uchiriladigan raketalari ucha olmaydi, chunki Londonda Kiyevga o‘tkazish uchun mos samolyotlar yo‘q. UQK ga bir nechta Slovakiya MiG-29 samolyotlarini yetkazib berish ham muzokaralar boshlanishi bosqichida. Ammo bu ham noma’lum. Ukraina harbiy uchuvchilari orzu qilgan F -16 qiruvchi samolyotlari (taktik yadroviy qurol tashuvchilar) yaqin orada maxsus harbiy operatsiya zonasida paydo bo‘lmasligi mumkin.

Financial Times nashrining Vashingtondagi manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh “urush cho‘zilgan taqdirda” Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berishi mumkin, deb yozmoqda. Lekin UQK mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘qitish uchun ko‘p oylar, hatto yillar kerak bo‘ladi. NATO uchuvchilari, texniklari va aerodromlaridan foydalanish ham istisno etilmaydi. Har ehtimolga qarshi, Amerikaning F-16 samolyotlari Rossiyaning og‘ir qiruvchi samolyotlari Su-35S va Su-30SM bilan shunchaki mag‘lub bo‘ladi.

Alyans Sharqiy Yevropada harbiy guruhlar sonini to‘rtdan sakkizgacha oshirdi va ularning hammasi harbiy-havo va harbiy- dengiz kuchlari bilan qo‘llab-quvvatlangan. Pentagon Yevropa bazalarida qariyb 100 ming amerikalik harbiylariga ega va ularning ko‘pchiligi Rossiyaga chegaradosh mamlakatlarda joylashgan. Shunga qaramay NATOning Yevropadagi ko‘chma kuchlari qo‘mondoni General Kristofer Kavoli alyansning Rossiya bilan qurolli to‘qnashuvga tayyor emasligini tan oladi. Shunday qilib, qo‘g‘irchoq Ukraina armiyasining mudofaa salohiyati bilan birgalikda NATO mamlakatlari armiyasining milliy jangovar salohiyati ham tushib ketmoqda.
“Qoidalarga (hech qachon mavjud bo‘lmagan) asoslangan xalqaro tartib” ham jar yoqasida. Rossiya TIV shunday xulosa qiladi: AQShning ambitsiyalari Ukrainaning vayron bo‘lishiga olib keldi. Keyingi eskalatsiya esa Yevropaga, AQSh va NATOning jisman mavjudligiga tahdid soladi.
Yangiliklar lentasi
0