O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi - tafsilotlar

© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi O‘zbekiston Ishchi guruhi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistondagi kompaniyalarning davlat ulushini sotib olmoqchi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi O‘zbekiston Ishchi guruhi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.
Tashrifning birinchi kunida BAA Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Tuk al-Marri bilan o‘tkazilgan muloqotda ikki tomonlama qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
BAA yangi xususiy kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqayotganligi qayd etildi.
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi
Qayd etilishicha, BAA turizm, kimyo, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalardagi kompaniyalarning davlat ulushini sotib olishi kutilmoqda. Shu maqsadda BAA kompaniyalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
May oyida Samarqandda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-BAA Hukumatlararo komissiyasining 5-yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes-forumni tashkil etish masalasi kelishib olindi.
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
O‘zbekiston va BAA yangi kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldi
Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazrui bilan muloqot chog‘ida O‘zbekiston energetika sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishning masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0