AQSh "Shimoliy oqim"larni portlatib o‘z oyog‘iga bolta urdi - amerikalik jurnalist

© Foto : KustbevakningenMesto utechki na gazoprovode "Severniy potok — 2"
Mesto utechki na gazoprovode Severniy potok — 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya gazidan mahrum bo‘lgan yevropaliklar, muqobil sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalarini izlashga majbur bo‘lmoqda. Bu sohada esa Xitoy peshqadam.
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. AQSh Rossiyaning “Shimoliy oqim” gaz quvurini portlatib, o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urdi, - dedi amerikalik jurnalist Seymur Xersh, RIA Novosti xabariga asosan.
Pulitser mukofoti laureati, avvalroq o‘zining surishtiruv maqolasini chop etgan edi. Unda jurnalist AQSh ma’muriyati va Norvegiya hukumatini Rossiyaning Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib beruvchi quvurlariga diversiya uyushtirishda ayblagan edi.
"Ha, biz o‘zimizni oyog‘imizga qarata o‘q uzapmiz. Ha, bu tushunib bo‘lmaydigan ahmoqlik. Ha, bu jinoyat. Menimcha, Oq uyda, aql bovar qilmas darajadagi ahmoqlik bor", degan Hersh Radio War Nerd nashriga bergan intervyusida.
Uning tushuntirishicha, Rossiya gazidan mahrum bo‘lgan yevropaliklar, muqobil sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalarini izlashga majbur bo‘lmoqda. Bu sohada esa Xitoy peshqadam.
Xersh uzoq davom etgan, deyarli bir soatlik intervyusida prezident Jo Bayden Ukrainadagi mojarodan manfaatdor ekanligini aygan.
“Mendan prezidentlar nega urushni xohlashlarini so‘ramang. Mening o‘ylashimcha, bu reytingga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Men bilmayman, lekin Bayden ruslarga Rossiyaga qarshi tura olishimizni ko‘rsatish uchun katta pul tikkan”, deydi u.
Xershning o‘z blogida joylashtirgan surishtiruvi Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan deyarli befarq qoldirildi va AQSh rasmiylari o‘tgan yilgi dengiz tubidagi portlashlarga hech qanday adloqasi yo‘qligini takrorlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0