Xitoy osmonida NUJ aniqlandi - video

© Szimu SinvenV nebe nad Kitayem zametili NLO
V nebe nad Kitayem zametili NLO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Xitoyning "Xuansyu shibao" nashri: Xitoyning Xeylunszan provinsiyasi osmonida NUJ aniqlandi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Xitoyning shimoli-sharqidagi Xeylunszan provinsiyasining Rossiya bilan chegaradosh Sitsikar shahri aholisi ijtimoiy tarmoqlarda tungi osmonda uchayotgan nurli sharlar zanjiri aks etgan videoni joylashtirmoqda. Ularning qanday obyektligi hozircha noma’lum, deya xabar berdi RIA Novosti.
Xitoyning “Xuansyu shibao” davlat nashri yozishicha, Szan ismli fuqaro “Szimu Sinven” axborot portali muxbiriga 13-fevral kuni tasodifan osmonda qandaydir tez uchuvchi jismlar "dastasi"ni payqab qolganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, oldingi qatorda uchayotgan jismlar birin-ketin yona boshlagan, bu vaqtda oxirgi qatordagilar esa birin-ketin o‘chgan.
Shunga qaramasdan u obyekt oddiy uchuvchi qurilmaga o‘xshamasligini ta’kidladi. Obyekt bir necha soniya davomida ko‘rinib turgan. Szan tasvirga olish uchun telefonini olguniga qadar, porlab turgan obyekt g‘oyib bo‘lgan.
Shuningdek, videoni joylashtirgan foydalanuvchilar ilgari bunday narsalarni ko‘rmaganliklari, obyekt hech qanday tovush chiqarmasligi, juda baland uchib, yorqin nur taratayotganini qo‘shimcha qilishgan.
Sitsikar meteorologiya burosi rasmiylari bu haqda hali hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini aytishdi. Shu bilan birga, Sitsikar shahrining Havo hujumidan mudofaa boshqarmasi xodimlari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi haqida hech qanday xabar olmagani, vaziyatdan xavotirlanishga hojat yo‘qligini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0