Turkiyada zilzila qurbonlari soni 31 mingdan oshdi
14:33 14.02.2023 (yangilandi: 14:50 14.02.2023)
© AFP 2023 / -Ruxnuvshie zdaniya v Xatae, yugo-vostochnaya Tursiya, 8-fevralya 2023 goda.
© AFP 2023 / -
Obuna bo‘lish
Tabiiy ofat zonalarida qutqaruv ishlari davom etmoqda, vayronalar tozalanmoqda.
TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Turkiyaning janubi-sharqida 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida 31 643 kishi halok bo‘ldi, 80 000 dan ortiq kishi jarohatlandi, 6 444 ta bino vayron bo‘ldi.
Biroq, bu raqamlar yakuniy emas. Tabiiy ofat zonalarida qutqaruv ishlari davom etmoqda, vayronalar tozalanmoqda.
© AP PhotoRazrushennie doma v sentre goroda Xatay, yujnaya Tursiya, vtornik, 7-fevralya 2023 goda.
Razrushennie doma v sentre goroda Xatay, yujnaya Tursiya, vtornik, 7-fevralya 2023 goda.
© AP Photo
Zilzila oqibatida minglab binolar, jumladan, ko‘plab ko‘p qavatli uylar vayron bo‘ldi.
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning ma’lum qilishicha, zilziladan so‘ng mamlakat sudlari seysmik havfli hududda binolar qurishda qurilish qoidalarini buzganlikda gumon qilingan 131 kishini hibsga olish uchun order bergan. Bu borada hibsga olish allaqachon boshlab yuborilgan. Ta’kidlanishicha, politsiya tomonidan qo‘lga olingan quruvchilarning umumiy soni 12 tani tashkil etadi, ammo rasmiylar hibsga olishlar davom etishiga va’da bermoqda.
Bloomberg agentligi tabiiy ofatdan Turkiya iqtisodiyotiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni 84 milliard dollar yoki YaIMning 10 foiziga teng deb baholadi. Ularning 70 milliard dollari turar-joy binolariga yetkazilgan zarardir.
Ma’lumot uchun, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shu kunning o‘zida 7,6 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi.
© AP PhotoRazrusheniya v sentre goroda Xatay, yujnaya Tursiya, chetverg, 9-fevralya 2023 goda.
Razrusheniya v sentre goroda Xatay, yujnaya Tursiya, chetverg, 9-fevralya 2023 goda.
© AP Photo