Toshkent metrosining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi bir kunga yopiladi

© Metropoliten “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 7-bekat
“Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 7-bekat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
“Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi 19-fevral sanasidan doimiy jadval asosida o‘z harakatini davom ettiradi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Joriy yilning 18-fevral kuni Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar kun davomida harakatlanmaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni”ning matbuot xizmati xabar berdi.
“Metro temir yo‘llarida bajarilayotgan qurilish ishlarining so‘nggi bosqichini amalga oshirish maqsadida metropolitenning “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati bir kun davomida to‘xtatiladi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘ralgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi 19-fevral sanasidan doimiy jadval asosida o‘z harakatini davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0