KXShT davlatlarining ShHT o‘quv mashg‘ulotlarida ishtiroki istisno etilmaydi – Sidorov

© Sputnik / Aram Nersesan / Mediabankka o‘tishFlagi gosudarstv, vxodashix v Organizatsiyu Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti, arxivnoe foto
Flagi gosudarstv, vxodashix v Organizatsiyu Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Sidorov KXShTga a’zo davlatlar ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlarining qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etishini istisno etmaydi. Bu haqdaBirlashgan shtab boshlig‘i, general-polkovnik Anatoliy Sidorov ma’lum qildi.
“Biz ShHT o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarda KXShTga a’zo davlatlar ishtirok etishini istisno qilmaymiz, lekin ishtirok har bir davlat bilan kelishilishi kerak”, - deydi u.
Sidorov KXShTga a’zo davlatlar ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
“Ammo aynan kim va qanday lavozimda ekanligini hozir ayta olmayman”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo.
ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Yangiliklar lentasi
0