Senator Baxtiyor Sayfullayev vafot etdi

© Oliy Majlis SenatiBaxtiyor Sayfullayev
Baxtiyor Sayfullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Senator 20-yanvar kuni yangi tarkibdagi Senatning ilk yalpi majlisida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangandi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Baxtiyor Sayfullayev 1951-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan, 2002-2005 yillarda shu institutga rektorlik qilgan.
2005 yildan O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2012-yildan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlay boshlagan. 2017-yil esa O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlangan.
2020 yilning 18-yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan senator etib tayinlangan. U 20-yanvar kuni yangi tarkibdagi Senatning ilk yalpi majlisida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangandi.
Baxtiyor Sayfullayevning to‘liq biografiyasi bilan quyida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0