Qashqadaryo viloyatida zilzila qayd etildi

© SAM YEH / AFPZemletrasenie
Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Zilzila episentri Dehqonobod tumani bo‘lgan. U yerda 3,6 balli yer silkinishi kuzatilgan.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Bugun O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:48 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani.
Zilzila koordinatalari: 38,22 gradus shimoliy kenglik; 66,36 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 417 km janubiy-sharqda.
Yangiliklar lentasi
0