Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 14-fevralning asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishOtrad dobrovolsev iz Volgograda otpravilsya v zonu SVO
Otrad dobrovolsev iz Volgograda otpravilsya v zonu SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 14 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi LXRNing Novoselovskoe hamda Xarkov viloyatining Berestovoe, Dvurechnaya, Tabayevka, Peschanoe aholi punktlari hududlarida UQK askarlari va harbiy texnikasiga artilleriya va aviatsiya zarbalari berdi. Dushmanning 70 nafargacha harbiy xizmatchisi, beshta pikapi, uchta yengil avtomobili va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Terni, Krasniy Liman, LXRning Stelmaxovka aholi punktlari va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan UQK shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 100 ga yaqin harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, D-30 gaubitsasi va bitta Grad reaktiv tizimini tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi hujumi natijasida UQKning 60 dan ortiq harbiy xizmatchilari, 4ta avtomobili, 4ta "Msta-B" gaubitsasi va Grad reaktiv tizimi yo‘q qilindi. Bundan tashqari, DXRning Avdeyevka aholi punkti yaqinida UQKning 110-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiy texnikasi saqlanayotgan ombor vayron qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Ugledar hamda Zaporojye viloyatining Levadne va Orexov aholi punktlarida joylashgan UQKga zarba berdi. Hujum natijasida 40 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita Msta-B va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi. Zaporojye viloyatining Malinovka qishlog‘i hududida o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriyaga qarshi jang vaqtida "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi. Bundan tashqari, Xerson viloyatining Antonovka va Dnepropetrovsk viloyatidagi Vesoloe aholi punktlari hududlarida UQKning ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 108ta hududda joylashgan 93 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi. Xarkov viloyatining Monachinovka aholi punkti hududida UQKning elektron urush bo‘linmasi qo‘mondonlik punkti yo‘q qilindi.
Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Cherevkovka qishlog‘i yaqinida UQKning MiG-29 samolyotini urib tushirdi va DXRning Slavanka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari va LXRning Novovodanoe, Kolomiychixa, Jitlovka, DXRning Aleksandrovka, Kirillovka va Zaporojye viloyatining Pologi aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 7ta uchuvchisiz apparatlari va HIMARS (AQSh) reaktiv tizimining ko‘p uchiruvchi raketa tizimining to‘rtta raketasini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 385 ta samolyot, 208 ta vertolot, 3121 ta uchuvchisiz uchish apparati, 404 ta zenit-raketa kompleksi, 7859 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1019 ta ko‘p raketali tizimlari jangovar texnikasi, 4091 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, 8377 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0