Endi maktablarda o‘quvchilarga ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rgatiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sohalarga mas’ul rahbarlarni qabul qildi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Endi maktablarda o‘quvchilarga ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rgatiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ijtimoiy sohalarga mas’ul rahbarlarni qabul qilish jarayonida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy ta’limga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan.
Shuning uchun, 2023-yildan boshlab, o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, institut va universitetlarda malakali kadrlar tayyorlash, ilm bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
So‘nggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratilmoqda. Bundan foydalanib, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.
Madaniyat va turizm sohasida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish;
Maqom va baxshichilikni asrab-avaylash;
Xalq madaniyati va tabiat maskanlarini keng targ‘ib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash.
Sog‘liqni saqlash sohasi
Bugungi kunda aholining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor.
Shu bois “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati boshlanishi ma’lum qilindi.
Tibbiyot ta’limiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yish orqali xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Aholini qiynab kelayotgan onkologik, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar bo‘yicha erta o‘limni keskin kamaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0